16 iyu 14:37
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimizning 39 kishilik delegaciyasi "Korea Open-2018"ga jo'nab ketdi
O'zbekison taekvondo WTF terma jamoasi delegaciyasi Koreya Ochiq chempionatida ishtirok etish maqsadida Jeju shahriga yo'l oldi.
Bundan bir necha daqiqa avval O'zbekiston taekvondo associaciyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi 39 kishilik katta delegaciya belgilangan manzilga etib bordi. Tarkibda 29 nafar sportchi joy olgan.
Ular orasida Dmitriy SHokin, Maksim va Nikita Rafalovich singari jahon chempioni hamda sovrindorlari yo'q. Tarkibdagi eng tajribali sportchi bu Jasur Boyqo'zievdir. Terma jamoa bosh murabbiyi Akmal Ergashev asosan yoshlarni sinab ko'rishni lozim topgan. Musobaqa o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar