So’nggi yangiliklar

17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0

05 dek 16:01
Yangiliklar

Tokio-2020

Taekvondoda Koreya, dzyudoda Greciya. O'zbekiston terma jamoalarida qaysi mamlakatlardan murabbiylar ishlamoqda?

O'zbekiston sportchilarni yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda qator qo'shma loyihalarni amalga oshirmoqda.

Sportchilarimizning yuqori natijalar qayd etishida xorij tajribasining o'rni katta. Buning uchun sporti rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlash yuqori samara beradi. Bu haqida muhtaram yurtboshimiz 4 sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish mavzusida o'tkazgan videoselektorda ham alohida takidlab o'tgan edilar. Ushbu yo'nalish bo'yicha belgilab berilgan topshiriqlar asosida ayni paytga kelib bir qator sport turlari bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan kelishuvga erishildi. Jumladan, ortda qolgan vaqt mobaynida quyidagi sport turlarida xorijlik murabbiylar terma jamoamizda faoliyat boshlashdi:

Jalb etilgan murabbiySport turiMamlakatiQachondan ish boshladi
Kim Yung JingTaekvondoKoreya Respublikasi2019 yil sentyabr
Yansha MiloshAkademik eshkak eshishSloveniya2019 yil oktyabr 
SHaxab SultaniKarateEron2019 yil oktyabr
Viktor ZemcevTriatlonUkraina2019 yil oktyabr

 

Etibor bering! Taekvondo sportida koreyalik mutaxassis kelgandan beri quyidagi natijalarga erishildi:

  • Gran-pri tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ilk bor o'zbekistonlik ayol taekvondochilar medal qo'lga kiritdi (Nigora Tursunqulova hamda Svetlana Osipova, CHiba Gran-prisi);
  • Xitoyning Uxan shahrida o'tgan Butunjahon harbiylar o'yinlarida taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi;
  • Katta dubulg'a tasnifidagi turnirda terma jamoamiz ilk medalini qo'lga kiritdi (Xitoy, Nigora Tursunqulova).

 

Bungacha sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizda faoliyat olib borayotgan boshqa xorijlik mutaxassislar:

 

Jalb etilgan murabbiySport turiMamlakatiQachondan ish boshladi
Ekaterina PirojkovaBadiiy gimnastikaRossiya2019 yil yanvar
Erjas BoltaevOg'ir atletikaQozog'iston2019 yil yanvar
Vladimer LikveishviliKamondan otishGruziya2019 yil yanvar




Aleksandr JiteckiyQilichbozlikRossiya2019 yil
Alessandro TradoriItaliya2019 yil
Martin KamajievBolgariya2019 yil
Vladimir NazlimovRossiya2019 yil
Lyubinko DrulovichFutbolSerbiya2018 yil
Milorad AleksichSuv polosiSerbiya2019 yil avgust
Tatyana XaycerSinxron suzishRossiya2019 yil avgust
Evdokiya GrechishnikovaZamonaviy beshkurashRossiya2019 yil avgust
Zaza SilagadzeYunon-rum kurashiGruziya2018 yil
Ilias IliadisDzyudoGreciya2019 yil

 

 2020 yil davomida esa quyidagi sport turlariga mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan:

 

O'rganib chiqilayotgan trenerlarSport turiMamlakati
Ali AxmetovErkin kurashRossiya
Nikolaeva M.Badiiy gimnastikaRossiya
Gorbulina N.M.Badiiy gimnastikaRossiya
Zenovka I.B.Badiiy gimnastikaRossiya
Ashido KokiDzyudoYaponiya
Evgeniy ZagarulkaEngil atletikaRossiya
Maykl BollSuzishAvstraliya
Ennio FalkoO'q otishItaliya


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing