21 iyu 06:23
Yangiliklar
Taniqli referi Zabitning ketishiga munosabat bildirdi
"Bu yigit ajoyib jangchi. Zabit haqiqatan ham yaxshi jang qilardi. U UFC'da mag'lub bo'lmagan va raqiblariga qaraganda ajoyib ko'rinishga ega. U Kelvinni mag'lub etdi. Ammo, jarohatlar unga ko'p muammolarni keltirib chiqardi. Oxir-oqibat Zabit faoliyatini tugatishga majbur bo'ldi.
Men unga: "bunday qilmasliging kerak edi" deya olmayman. CHunki u o'zi uchun nima yaxshiligini biladi. Bunday bo'lganidan afsusdaman. Uning jangini tomosha qilishni juda yaxshi ko'rardim. Bu Avraam Linkoln jangini tomosha qilishga o'xshaydi", — dedi Jon Makkarti.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Zabit Magomedsharipov o'tgan hafta faoliyati yakunlangani haqida elon qilingandi. U MMAdagi faoliyati davomida 19 ta jang o'kazib, ularning 18 tasida g'alaba qozongan va bittasida mag'lub bo'lgan.
Fikrlar