13 avg 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/231628_220.jpg)
Tasdiqlandi: Botir Ahmedov chempionlik jangiga O'zbekiston bayrog'i ostida chiqadi
Professional bokschi Botir Ahmedov 20 avgust kuni Floridada navbatdagi jangini o'tkazadi.
Sirdaryoda tug'ilgan Botir Ahmedov (9-1, 8 KO) o'sha kuni super engil vazn toifasining vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun Dominikan vakili Alberto Puelloga (20-0, 20 KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Murabbiy To'lqin Qilichevning Olamsport.com sayti muxbiriga xabar berishicha, Ahmedov o'sha kungi jangda O'zbekiston bayrog'i ostida ringga ko'tariladi.
Bungacha hamyurtlarimizdan Artur Grigoryan, Ruslan CHagaev va Murodjon Ahmadaliev professional ringda jahon chempioni unvoniga ega bo'lgan. Agar Botir ushbu jangda g'alaba qozonsa, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik bokschi bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar