So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

26 may 11:56
Yangiliklar

Dzyudo

Tashkent Cadet and Junior Asian Cup. Yoshlarimiz 32 ta medal bilan mutlaq birinchi bo'lishdi (Natijalar + Fotogalereya)

To'rt kun davomida poytaxtimizdagi muhtasham "Alpomish" arenasi dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan Tashkent Cadet and Junior Asian Cup musobaqasiga mezbonlik qildi.

Turnirning so'nggi ikki kuni yoshlar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi. Yoshlarimiz ham o'smirlarimiz singari medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida mutlaq birinchi o'rinni egallashdi. Terma jamoamiz 9 ta oltin, 9 ta kumush, 14 ta bronza, jami 32 ta medal bilan birinchi pog'onadan joy olishdi. 

Qirg'iz Respublikasi dzyudochilari 3 ta oltin, 1 ta kumush bilan ikkinchi o'rinni band etishdi. Bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan Tojikiston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi. IJF bayrog'i ostida tatamiga chiqqan dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

Qozog'iston, Gruziya, Hindiston va Eron Islom Respublikasi delegaciyalari ham kumush ham bronza medallariga ega chiqishdi.

Kecha yoshlar ishtirokidagi turnirning ikkinchi kuni doirasida 8 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. 

So'nggi kun g'olib va sovrindorlari (O'G'IL BOLALAR): 

-81 kg vazn toifasi (33 ishtirokchi)

1. Samariddin Muxibiddinov (O'zbekiston)

2. Mirjalol To'xtaev (O'zbekiston)

3. Asrorbek To'laganov (O'zbekiston)

3. Edil Erboluli (Qozog'iston)


-90 kg vazn toifasi (25 ishtirokchi)

1. Azamat Ablakulov (O'zbekiston)

2. Egor Rakov (Qozog'iston)

3. Amir Abbas CHupan (Eron)

3. Alisher Samanov (O'zbekiston)


-100 kg vazn toifasi (21 ishtirokchi)

1. Muhammadali Zoirov (O'zbekiston)

2. Ozodbek Boyto'raev (O'zbekiston)

3. Jonibek Pardaev (O'zbekiston)

3. Ibrohim Nurullaev (O'zbekiston)


+100 kg vazn toifasi (20 ishtirokchi)

1. Fazliddin Rafikov (O'zbekiston)

2. Javohir Sadinov (O'zbekiston)

3. Alisher Rasulov (O'zbekiston)

3. Elnur Xolmo'minov (O'zbekiston)


So'nggi kun g'olib va sovrindorlari (QIZLAR): 

-63 kg vazn toifasi (21 ishtirokchi)

1. Nigina Saparboeva (O'zbekiston)

2. Adina Kochkonbaeva (Qirg'iz Respublikasi)

3. Asal Karimjonova (O'zbekiston)

3. Sezim Oteuli (Qozog'iston)


-70 kg vazn toifasi (12 ishtirokchi)

1. Alina Moldokulova (Qirg'iz Respublikasi)

2. SHinar Bitimbay (Qozog'iston)

3. Burim Abdirayim (Qozog'iston)

3. Tuygul Hamroeva (O'zbekiston)


-78 kg vazn toifasi (12 ishtirokchi)

1. Slavyana Relkevich (IJF)

2. SHoira Aminova (O'zbekiston)

3. Nurshat Kemelxanqizi (Qozog'iston)

3. Lizi Kvarcxaya (Gruziya)


+78 kg vazn toifasi (7 ishtirokchi)

1. Viktoriya Kiselyova (Tojikiston)

2. Mushtariybegim Afsalova (O'zbekiston)

3. Korkem Bakitbek (Qozog'iston)

3. Durdona Nizomaddinova (O'zbekiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing