So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

23 jan 09:29
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess-2025. Ikki Nodirbekda g'alaba, Abdusattorov yana peshqadam bo'lib oldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "CHellenjer"ida esa Nodirbek Yakubboev sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boryapti. Kecha o'tkazilgan beshinchi tur bahsida Abdusattorov qora donalarda o'ynashiga qaramay, mezbonlar vakili Yorden Van Forestni mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek 3 g'alaba va 2 durang bilan 4 ochko jamg'argan holda yana qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamga aylanib oldi. 

Birinchi turda Abdusattorov bilan durang o'ynaganidan keyin ketma-ket uchta partiyada g'alaba qozongan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha kecha ochko yo'qotdi. U yana bir niderlandiyalik grossmeyster Maks Varmerdam bilan murosaga keldi. Rameshbabu 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'ringa joylashgan. Amerikalik Fabiano Karuana biroz kutilmaganda Vladimir Fedoseevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hindistonlik Gukesh Dommaradju germaniyalik Vinsent Keymerdan ustun keldi. 

Quvonarlisi, "CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev ham nihoyat 5-turda g'alabaga erishdi. U qora donalarda o'ynashiga qaramay, ozarbayjonlik Aydin Suleymanlini mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi. Yakubboev qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha 10-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarildi. Niderlandiyalik Ervin L`ami 4 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing