20 avg 19:36
Yangiliklar
Tennis
Tatyana Mariya Kolumbiyani zabt etdi
Kolumbiyaning Barrankilya shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Bosh sovrin dunyoning 58-raketkasi bo'lib turgan Tatyana Mariyaga nasib etdi. Germaniyalik tennischi final bahsida WTA reytingida 252-pog'onada borayotgan franciyalik Fiona Ferroni 6/1, 6/2 hisobida taslim etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi muvozanat tiklandi - 1:1. Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Mariya 4 ta eys, 6 ta breyk qayd etib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Kolumbiyadagi muvaffaqiyatli ishtirok Tanyaga 160 reyting ochkosi hamda 15,000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar