23 mar 07:01
Yangiliklar
Taxmina Ikramova yana 3 ta medalga ega chiqdi
Vakilamizning bulava, xalqa va to'p bilan bajarilgan chiqishlari mos ravishda oltin, kumush va bronza medaliga loyiq ko'rildi.
Taxmina musobaqaning birinchi kuni doirasida yakkalik yo'nalishidagi ko'pkurash bellashuvlarida 112.70 ball to'plab, 20 nafar sportchi orasida ikkinchi natijani qayd etgan kumush medalga sazovor bo'lgan edi. Bu Ikromova uchun jarohatdan keyingi ilk musobaqa bo'ldi.
Bulavalar:
1-o'rin — Taxmina Ikromova (O'zbekiston) — 30.400
2-o'rin — Sofiya Raffaeli (Italiya) — 29.250
3-o'rin — Taisiya Onofriychuk (Ukraina) — 29.200
Xalqa:
1-o'rin — Taisiya Onofriychuk (Ukraina) — 30.400
2-o'rin — Taxmina Ikromova (O'zbekiston) — 30.000
3-o'rin — Mariya Borisova (Neytral sportchi) — 29.300
To'p:
1-o'rin — Taisiya Onofriychuk (Ukraina) — 29.100
2-o'rin — Tara Dragas (Italiya) — 28.600
3-o'rin — Taxmina Ikromova (O'zbekiston) — 27.850


Fikrlar