15 apr 13:08
Yangiliklar
Gimnastika
Taxmina Ikromova Jahon kubogi bosqichida shohsupaga ko'tarildi
Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz Taxmina Ikromova to'p bilan mashq dasturida 34.050 ball bilan ikkinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, u bulavadagi mashqda 30.750 ball bilan beshinchi, xalqadagi dasturda esa 33.300 ball bilan oltinchi natijani qayd etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar