30 sen 16:29
Yangiliklar

Tayson Fyuri Joshuaga: "Erkak bo'lsang, bugun shartnomani imzola"
“To'p sen tomonda. Barcha ishlar bajarildi. Agar sen erkak bo'lsang va senda g'urur bo'lsa, bugun ushbu shartnomani imzolaysan. Endi kunlar, haftalar va oylar yo'q. SHartnoma sening qo'lingga etib borganiga ikki hafta bo'ldi, ammo sen hali ham uni imzolamading. Sen ommaga o'zingni rostan ham qo'rqoq ekanliginni ko'rsatding va shartnomani imzolamading. Imzo qo'yasanmi, yo'qmi, menga farqi yo'q. Sen mag'lub bo'lgansan, men esa jahon chempioniman. Men senga suyak tashlayman, lekin yuzingga musht tushira olishimni ham bilaman. Men senga bu imkoniyatni berishga tayyorman.
Bugun shartnomaga imzo qo'y qo'rqoq. Britaniyalik muxlislar xohlagan narsalarini olishsin. G'o'ng'irlashing shart emas. Men bilan jang qilishing kerak. Bundan qochib bo'lmaydi”, — dedi Fyuri.
Fikrlar