31 okt 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri: "Ngannu nokdaundan boshqa hech narsa qila olmadi"
Tayson Fyuri shanba kuni Frensis Ngannuga qarshi jangda nokdaun holatiga tushib qolgani haqida gapirdi.
"Ngannuning zarbalari juda kuchli, o'shanda u meni nokdaun holatiga tushirib qo'yganida, miyamning orqa qismini o'chib qolgandek his qildim. Biroq u boshqa hech nima qila olmadi", - dedi Fyuri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 28 oktyabr oqshomida Ar-Riyodda boks kechasi tashkil etilgandi. Oqshomning asosiy jangida Tayson Fyuri hamda Frensis Ngannu ringga chiqishdi. 10 raundlik jangning uchinchi raundida nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsa-da, Fyuri hakamlarning qarori evaziga g'alabaga erishgan edi.
Havola :
Fikrlar