06 okt 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: “Uaylder, istasang taslim bo'l!”
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri superog'ir vaznda WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylderga murojaat qildi.
Sobiq jahon chempioni bo'lgan Fyuri amerikalik raqibiga agar istasa, hoziroq taslim bo'lishi mumkinligini aytgan.
“Uaylder taslim bo'lishi mumkin, nazarimda ham shunday bo'ladi. Men uning ko'zida qo'rquvni ko'rdim. SHu boisdan ham u jangdan voz kechishi mumkin. Deontey havaskor boksdagi faoliyatida xuddi shunday yo'l tutgandi.
Keyin bir narsani unutmanglar, Uaylderni AQSH - Rossiya uchrashuvida bir semiz, beo'xshov bola nokautga uchratgan edi. Ko'rpyasiz, men semiz va beo'xshov emasman. Lekin men o'sha bola amalga oshirgan ishni yana bir bor takrorlashga qodirman”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Uaylder - Fyuri chempionlik jangi 1 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar