22 mar 11:09
Yangiliklar
Dzyudo

Tbilisi Grand Slam. Bugun musobaqaning ikkinchi kuni 4 dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Erkaklar -73, -81, ayollar esa -63 va -70 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Bugun terma jamoamizning 4 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-73 kg: Obidxon Nomonov - Ahmadzod Masudi (Tojikiston)/Andreu Kiprianos (Kipr)
-81 kg: Suhrob Tursunov - Erjan Kanatbekov (Qirg'iz Respublikasi)
AYOLLAR
-63 kg: Marjona Nurulloeva - Aviti Alkaraz (Meksika)
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva - Iren Pedrotti (Italiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar