So’nggi yangiliklar

02:01"Тоттенхэм" МЮни мағлуб этди ва Европа лигаси ғолибига айланди 0 18:31АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10) 0 18:10Нью-Йоркда АҚШ ва Ўзбекистон каратэси ҳамкорлиги йўлида меморандум имзоланди 0 17:49Даниэль Дюбуа: "Мен барча камарларни оламан" 0 17:28Пэдди Пимблетт: "Топурияга қулай рақиблар танлаб беришган" 0 17:07Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди 0 16:46Бенеил Дариуш: "Махачевни финиш қилган бўлардим" 0 16:25Фомин Тбилиси "Челленжер"ининг 1/8 финалида 4-ракеткага қарши кортга чиқди 0 16:04Боб Арум 46 ёшли Пакьяонинг рингга қайтишига муносабат билдирди 0 15:43Европа Лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед" 0 15:22Қитъавий семинарда иштирок этаётган реферилар учун ёзма имтиҳон бошланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:01Слаломда эшкак эшиш бўйича Россия терма жамоаси етакчиларидан бири Ўзбекистонга ўтди, у Лос-Анжелес-2028 медалини қўлга киритиш илинжида 0 14:40Sharjah Masters 2025. Нодирбек пешқадамлар сафида. Бугун 5-турда шахматчиларимиз кимларга қарши дона суришади? 0 14:19“Реал“ Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи 0 13:58Octagon 72 турнири бонуслари кимларга насиб этгани маълум 0

11 sen 12:00
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Tennis. "Devis kubogi". Buyuk Britaniya - O'zbekiston. PREVYU

14-16 sentyabr kunlari SHotlandiyaning Glazgo shahrida tennis bo'yicha "Devis Kubogi" pley-off bosqichi doirasida Buyuk Britaniya va O'zbekiston terma jamolari o'rtasida bahslar o'tkaziladi.

Bugun mana shu to'qnashuv haqida bir oz malumot berib o'tishga qaror qildim.

Demak, raqiblarimiz Buyuk Britaniya tarkibidan terma jamoa ustunlari bo'lmish Endi Marrey va Kayl Edmundlar joy olishmadi. Bu biz uchun quvonarli hol albatta. Ammo ularsiz ham raqib ancha kuchli tarkibga ega.

Buyuk Britaniya tarkibidan Kemeron Norri(70), Jey Klark(173), Deniel Evans(222), Jeymi Marrey(juftlikda 11-o'rin, yakkalikda reytingga ega emas), Dominik Inglot(juftlikda 23, yakkalikda reytingga ega emas) kabi tennischilar joy olishdi. Terma jamoa kapitani Leon Smit. Umuman, raqiblarda yakkalikda uchta deyarli bir xil tabaqaga ega tennischilar mavjud. Juftlikda xam ikkita kuchli tennischiga egalar.

Endi O'zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing: Denis Istomin(60), Jo'rabek Karimov(434), Sanjar Fayziev(516), Humoyun Sultonov(536), Farrux Do'stov(1086). Terma jamoa kapitani Petr Lebed.

Ko'rib turganingizdek terma jamoalar o'rtasida reyting bo'yicha anchagina farq bor, lekin umid xam yo'q emas. CHunki, bundan xam yomonroq bo'lishi mumkin edi. Endi Marey jarohati sabab bahslarni o'tkazib yuborsa, Kayl Edmund Avstraliya ochiq chempionatidan buyon xard kortlarda o'tkazgan uchrashuvlarining 70% ni yutqazgan. SHu sabab terma jamoa sardori uni bu bellashuvga chaqirmadi (chunki ularda boshqa termalardagi kabi tanish bilish, falonchini ukasi ekan degan narsalar yo'q. Kim yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lsa o'sha kortga chiqadi, yoshi va tajribasidan qatiy nazar).


Endi bevosita O'zbekiston sharafini yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilishi mumkin bo'lgan tennischilar haqida bir oz tahmin bildirsak. Yakkalikda katta ehtimol bilan Denis Istomin va Jo'rabek Karimovlar ikki martadan kortga chiqishadi. Agar hammasi joyida bo'lsa ular juftlikda ham tandem hosil qilishadi. Asosiy o'yinchilarimizdan kimdir musobaqaning ilk kuni 5 setlik uzoq o'yin o'tkazadigan bo'lsa, juftlikda ularni katta ehtimol bilan Sanjar Fayziev yoki Humoyun Sultonovlar almashtirishi mumkin. Albatta bularning barchasi shahsiy fikr. Tarkibni esa termamiz sardori Petr Lebed tuzib chiqadi.

O'zbekiston terma jamoasi tarixda "Devis kubogi" jahon bosqichiga xech qachon chiqa olmagan. Pley-off bahslarida esa yubiley - o'ninchi marta ishtirok etadi. Bu balki yaqindagina 32 yoshni qarshilagan Denis Istominning jahon bosqichida o'ynash uchun so'nggi imkoniyati bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda xam ularni yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishlarini tilab qolamiz! Olg'a O'zbekiston!!!

Husniddin Mirzaliev

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
11 sen 12:34:08
Sarvar_Parkentlik
Wu bois, bor etibor va kuchni yakkalikdagi baxslarga qaratib, juftlik baxsiga bog'liq qilmasdan xal etish kerak. 3 setlik öyinlarda sanjar jismonan, xumoyun taktik tajriba tomondan kamchilik borg, jorabekda wijoat ham, tajriba ham yetarli biroq u ruxiy tarafdan bir tekis öyin olib boriwi kerak böladi.
   
11 sen 13:02:03
Sarvar_Parkentlik
Daniel Evans 2 3 yil avval meyjerlarda 4 davra , chorak finallarda öynagan tennischimidi. Reytingda 40-50 örinlarga ham chiqqandi adawmasam. Haqiqatdan ham raqiblada yulduz yöq. Lekin tarkib teng kuchli
   
11 sen 12:48:18
Husniddin Mirzaliyev
Sarvar_Parkentlik foydalanuvchining fikriga javob berish
Ochig'i kort qoplamasini mezbonlar tanlawini etiborga olib, maysali kort tanlasa kerak deb öylagandim. Lekin britaniyada yilning bu vaqtida maysali kortlarni ideal saqlash mushkul, yana bir sabab istomin grassda ham ajoyib öynay oladi. Balki wu jixat bilan xard tanlangan
майсали қопламани рақиблардан фақатгина Энди Маррей хуш кўради. У эса қатнашмайди, қолган теннисчилар хард кортларга мослашишган.
   
11 sen 12:48:11
Sarvar_Parkentlik
Towkentda Shvetsariya ham asosiy yulduzlari wawrinka, federersiz yutgandi. Laksonen va chudinelli ning 2-yuztalikda ekani ham bizga yordam bermagandi. Undan avalgi mavsumda esa AQSH kelganda tarkib haqiqatdan kuchli edi, Sem kueri, jek sok, stiv jonson .bular top 20 ga kirgan tennischilar edi. Öshanda ham Aqsh yetakchisi Iznerni ovora qilmagandi. Bu safar britanyaliklarda xam wunday xolat.
   
11 sen 12:40:44
Sarvar_Parkentlik
Ochig'i kort qoplamasini mezbonlar tanlawini etiborga olib, maysali kort tanlasa kerak deb öylagandim. Lekin britaniyada yilning bu vaqtida maysali kortlarni ideal saqlash mushkul, yana bir sabab istomin grassda ham ajoyib öynay oladi. Balki wu jixat bilan xard tanlangan
   
11 sen 12:38:27
Husniddin Mirzaliyev
Телеграмда Ўзбек ва жахон тенниси янгиликларидан доимий хабардор бўлинг! ссилка:https://t.me/Tennis007
   
11 sen 12:28:48
Sarvar_Parkentlik
Xusniddin bergan malumotdan ko'rinib turibdiki, raqibda eng kuchli qism bu juftlik ekan.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing