So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 dek 18:22
Yangiliklar

Tennis

Tennis. Reyting ochkolari qanday hisoblanadi? Mukofot pullari, taqvim va boshqalar haqida

Bugun siz bilan erkaklar va ayollar (ATP va WTA) musobaqalari, ularning turlari, reyting ochkolari va ularni himoya qilish, mukofot turlari, umuman olganda, tennis sporti haqida batafsil gaplashamiz.

Hozirgi vaqtgacha tennisni aniq kim ihtiro qilgani malum emas, ammo eng keng tarqalgan malumotlarga ko'ra, o'yinning asoschisi uelslik Maykl Uolter Uingfild edi. U Uelsda xonadoniga kelgan mehmonlarni zeriktirmaslik maqsadida bu o'yinni o'ylab topgan va 1873 yilda o'yinning birinchi qoidalarini elon qilgan. 1874 yilda, Uingfild o'zining ixtirosidan yaxshi daromad olish umidida bu o'yinni patentladi. Biroq, uning g'oyasi muvaffaqiyatsiz bo'ldi va u yaratilgan o'yindan daromad olmadi. SHunga qaramay, katta tennis tarixi uning yordamida jadal rivojlana boshladi. Tennis bo'yicha ilk turnir 1877 yil iyulda tashkil etildi. Angliyaning Uimbldon shahrida sodir bo'lgan. Bellashuvlarga Uimbldon tennis klubi va kroketa mezbonlik qildi. Ushbu turnir hozirgacha davom etib keladi.

Tennis asosan uch hil qoplamada o'ynaladi. Hard, tuproqli hamda maysali kortlardir. "Australian Open" va "US Open" turnirlari xard qoplamada, "Uimbldon" turniri maysali qoplamada va "Rollan Garros" tuproqli kortlarda o'ynaladi.

Erkaklar tennisi. ATP - (Associaciya tennisistov-professionalov) Professional tennischilar uyushmasi cport birlashmasi. Professional tennischilar uyushmasi (ATP) 1972 yilda professional tennischilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.


Bosh direktor: Kris Kermod (2014 yil 1 yanvar)

Boshqarma:
London, Buyuk Britaniya.

Tashkil etilgan sana:
1972 yil, sentyabr.

Rais:
Kris Kermod.

Tasischilar:
Cliff Drysdale, Jek Kramer, Donald Dell.


Ayollar tennisi. WTA (Xotin-qizlar tennis uyushmasi ) 1973 yilda amerikalik tennischi Billy-Jan King tomonidan tashkil qilingan. Associaciya ITF tomonidan tan olingan.



SHtab: Sent-Petersberg, Florida, AQSH.

Prezident: Miki Loler.

Bosh direktor: Stiv Simon (4 oktyabr, 2015 yil)

Tashkilotchi: Billi Jean King.

Tashkil etilgan sana: 1973 yil.

ITF Fyuchers xalqaro tennis federaciyasi tomonidan o'tkaziladigan xalqaro erkaklar va ayollarning professional tennis turnirlarining cikli.

Demak, erkaklar musobaqalari ATP va ITF turnirlariga bo'linadi. ATPga 250, 500, 1000 va 2000 reytingi beruvchi turnirlar kiradi. 250 va 500 reytingi ballari beruvchi turnirlar ATP turnirlari, 1000 ochko beruvchi turnirlar "Masters", hamda 2000 ochko beruvchi turnirlar "Katta dubulg'a" (Avstralian Open,Uimbldon,Rollan Garros va US Open)lardir.

Musobaqalarning darajasiga qarab, pul mukofotlari ham oshib boraveradi. Masalan, 250 reyting beruvchi ATP turniri sovrin jamg'armasi o'rtacha 500.000$ dan 1.000.000 $ atrofida bo'ladi. Ilk davra ishtiroki uchun reyting ballari berilmaydi, ammo 4 000 - 5 000$ pul mukofoti beriladi. Ikkinchi bosqichga chiqqan tennischi 20 reyting ballarini hamda 9 000 - 10 000$ qo'lga kiritadi. CHorak finalchiga 45 ochko va 18 000 - 20 000$, yarim finalchiga 90 reyting ballari hamda 30 000 - 35000$ beriladi. Finalga chiqqan tennischilar 150 reyting ballari va 50 000 - 55000 $, hamda g'olib 250 reyting ballarini va 80 000 - 90 000$ qo'lga kiritadi. Bu turnirlardagi o'rtacha pul mukofotlari hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, bu mukofot jamg'armasi eng kam bo'lgan(ATP-250) turnirlarda beriladigan reyting ballari va pul mukofotlaridir.

Turnir saviyasi ko'tarilgani sari reyting ballari ham, pul mukofotlari ham ko'payib boraveradi. ATP-500da ikkinchi davraga chiqqan tennischi 45 reyting ballari, chorakda 90, yarim finalda 150, finalchiga 300 hamda g'olib 500 reyting ballariga ega bo'ladi. Mukofot pullari ham shunga yarasha ko'payib boradi.

"Masters" musobaqalari 10, 45, 90, 180, 360, 600 va 1000 reyting ballari beriladi. Mukofot pullari o'ziga yarasha oshib boraveradi. Quyidagi jadvalda erkaklar o'rtasidagi barcha musobaqalarda beriladigan reyting ochkolari ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:



"Katta Dubulg'a"dan tortib, "CHellenjer" turnirlarigacha reyting ballari kelasi haftani o'zida tennischilar hisobiga yoziladi. "Fyuchers" musobaqalarida to'plangan reyting ballari esa ikki haftadan so'ng sportchilar ihtiyoriga qo'shiladi.

Ayollar o'rtasidagi musobaqalar ham shunga o'xshash: WTA va ITF musobaqalariga bo'linadi. Reyting ballari ham huddi erkaklar tennisidagiga o'xshash WTAdan to WTA CHellenjergacha kelasi haftani o'zida, ITF reyting ballari ikki haftadan so'ng sportchilar hisobiga yoziladi.

Quyida ayollar o'rtasidagi musobaqalarda beriladigan reyting ballari bilan to'liq tanishing:



CHiziqcha bilan ko'rsatilgan bosqichlarda ishtirokchilarga ballar berilmaydi.

Tennischilar to'plagan reyting ballari butun mavsum hisoblab boriladi. Mana shu ballar hisobiga har bir tennischi reytingda yuqorilab boraveradi. Masalan? Denis Istomin 2017-yil "Australian Open"da nimchorak finalga etib bordi va 180 balni qo'lga kiritgandi. Endi bu yil mana shu reyting ballarini himoya qilishga urinib ko'radi. Agar u ilk davrada mag'lub bo'lsa, undan 180 ochko olib tashlanadi (musobaqa tugagach albatta). Bordiyu, ikkinchi davrada mag'lub bo'lsa 45 balni qo'lga kiritadi. Demak, 180 dan 45 ochkoni ayiramiz va undan musobaqa tugashi bilan 135 ochko olib tashlanadi. Bordiyu, kelasi yili ushbu musobaqada chorak finalga qadar etib borsa, u holda 360 ochko ishlaydi. SHunda 360 dan 180 ni ayiramiz va 180 ochko Istomin hisobiga yoziladi. SHunda u reytingda yanada yuqorilaydi (yaxshi niyat). SHu tariqa, tennischilar butun mavsum to'plagan ballarini keyingi yil aynan o'sha sanada himoya qilishlari shart. Jarohat sabab bir mavsum o'ynamagan tennischi yana hammasini noldan boshlashi kerak bo'ladi.



Xar bir musobaqada saralash baxslari o'tkaziladi. "Katta Dubulg'a" musobaqalarida saralashida 128 nafar o'yinchi ishtirok etadi. Saralash o'yinlari uch bosqichda o'tkaziladi. Uch raqibni mag'lub etgan tennischi asosiy davrada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Demak, bu musobaqalarda saralashga 16 ta o'rin ajratiladi. SHu tariqa "Masters"larda 8 ta o'rin, ATP-250, 500 larda 4 ta o'rin ajratiladi. "CHellenjer", "Fyuchers"larda 4 tadan o'rin beriladi. Ayrim "Fyuchers"larda 8ta o'rin beriladi. Ayollarda ham huddi shunga o'xshash xolat.



Har bir musobaqa ixtiyoriga 4ta "wild card" beriladi. Bu sportchining reytingidan qatiy nazar, musobaqa tashkilotchilari tomonidan beriladigan alohida taklifnomadir. Bunday holatda musobaqa tashkilotchilari ko'pincha o'z yurti vakillariga yoki reytingi nisbatan pastroq bo'lgan yosh iqtidor vakillariga "wild card" berishadi. Undan tashqari, "Lucky Looser" (LL) - (omadli yutqazgan) musobaqaning saralash bosqichida mag'lubiyatga uchragan, ammo keyinchalik musobaqaning asosiy to'rida ishtirok etishi kerak bo'lgan biror bir sportchi kasalligi, jarohati yoki boshqa sabablarga ko'ra ishtirok etolmagan taqdirda uning o'rniga LL-ishtirok etadi. Bunday holatda ham tashkilotchilar saralashda yutqazgan, o'zlari xohlagan biror bir tennischiga yana bir bor imkoniyat berishadi. SHunday qilib, ATP va WTA turnirlari 10 oy davom etadi. Yanvardan boshlab oktyabr oxirigacha. ITF musobaqalari tatilga chiqmaydi va yil davomida davom etaveradi. Hozirda "TOP100"dagi asosiy tennischilar tatilga chiqishgan. Yangi mavsumga yangi yilning ilk kunidan start beriladi.

Tennisda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Yangi mavsumda yurtdoshlarimizga yangidan yangi zafarlar tilab qolamiz va ularni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlaysiz deb umid qilib qolamiz!!!


Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
04 dek 22:58:50
Fourcade
rahmat tennisdan kuproq habarlar bulsin
+1   
04 dek 19:32:14
Haydarov Elyor
Ko'p ma'lumotlar oldim raxmat maqola yaxshi chiqibdi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing