So’nggi yangiliklar

18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0 15:30Умар Нурмагомедов: "Хабибнинг укаси бўлиб туғилганим менинг айбим эмас" 0 15:26“Лугано” ихтиёрига етиб борган Беҳруз Каримов фотосессияда иштирок этди + ФОТО 0 15:06Формула-1. Ландо Норрис — Нидерландия Гран-приси ғолиби! 0 14:38"Барселона"нинг асосий футболчиси мавсумнинг биринчи расмий ўйинида жароҳат олди 0 14:15"Фақат у мени ожиз ҳис қилдирган" — UFC афсонаси Хабибга қарши жанг ҳақида 0 13:42Дана Уайт: "Йен Гэррида Махачев билан жанг қилиш имконияти бошқа ҳеч қачон бўлмайди" 0 13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0

07 dek 17:03
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Tennisdagi millionlar: 2023 yilda kim qancha ishlab topdi?

Teglar :  Tennis
2023 yilgi tennis mavsumi yakunlandi. Xo'sh, ortda qolgan mavsumda Kim qancha ishlab topdi?

SHu haqida batafsil so'z yuritamiz. Iga Svyontek bu yil eng ko'p g'alabaga erishgan bo'lishiga qaramay, Karlos Alkarasdan kamroq pul ishladi. Umuman olganda, joriy iyl ayol tennischilardan hech kim 10 millionlik marrani zabt eta olmadi. 

Reytinga nazar soladigan bo'lsak, top-25 talik quyidagicha ko'rinishda: 

Dastlabki 5 talikda faqat bir nafar ayol tennischi mavjud. Eng yaxshi 25 talikda 15 nafar erkak va 10 nafar ayol sportchilarni ko'rish mumkin.  


Qiziqarli statistikalar: 

- Novak Jokovich o'zining mukofot pullarining 87% ni 5 ta turnirdan – 4 ta «Kata dubulg'a» va yakuniy turnirdan olgan. U mavsumning eng kata chekini oldi – deyarli 4,5 million dollar. 

- Daniil Medvedev nafaqat natijalar, balki pul tomonlama ham eng muvaffaqiyatli yilini o'tkazdi. U shu paytga qadar bunchalik ko'p pul (9, 239, 679 dollar) ishlab topmagandi. Avvalgi rekordi 2021 yilda qayd etilgandi (7,5 mln dollar). 

- Marketa Vondrousova bita turnir – Uimbldonda mukofot pulining 2/3 qismini oldi. Marketa Londonda 2 974 458 dollar yutib oldi. 

- Yannik Sinner faoliyatining eng yaxshi mavsumida butun karreasi davomida yig'gan daromadidan ko'proq (8, 349, 392 dollar) «soqqa qildi». 

- Yil yakuniga ko'ra, Andrey Rublyov erkaklar tennisi tarixidagi daromadlar bo'yicha (inflaciyani hisobga olmagan holda) kuchli 30 talikka kirdi. 

- «Kata dubulg'a»da g'alaba qozona olmagan Aleksandr Zverev hozirda ATP tarixida qo'lga kiritilgan muofot pullari bo'yicha oltinchi, Medvedev esa sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. 

- 20 yoshli Xolger Rune faoliyatidagi mukofot pullari bo'yicha allaqachon 142-o'rinni band etgan, Alkaras bo'lsa yakunda top-20 talikka kirishga muvaffaq bo'ldi. 

- Mariya Sakkari so'nggi WTA turniriga zaxira tennischisi sifatida qo'shildi. U erda 3 bor mag'lub bo'lgan bo'lishiga qaramay, 198 ming dollar ishladi va yunon sportchisi 25 talikka «ilinib qoldi». 

- Koko Grauff va Jessika Pegula juftlik bahslarida eng ko'p daromad (715 740 dollar) ko'rdi. 

- Top-25 erkaklar orasida eng muvaffaqiyatli jamoadosh Andrey Rublyov bo'ldi. U 368 363 dollar daromad qildi. 


Tennis tarixida eng ko'p pul ishlab topgan sportchilar ro'yxati: 

- Aleksandr Zverev va Petra Kvitova Viktoriya Azarenka va Sten Vavrinkani quvib o'tib, kuchli 20 talikka kirishdi 

- Medvedev eng kata sakrashni amalga oshirdi – 12 pog'ona. Ikkinchi o'rinda Stefanos Cicipas – 8 pog'ona. 

- Top-50 talikda ikkita yangi «qiyofa» mavjud: Iga Svyontek ( 2015 yldan professional) va Grigor Dimitrov (2008 yildan professional). 

- Karolin Voznyacki 2020 yilda tennisni tark etgan edi, biroq bu yil qaytib keldi. 

- Kelgusi yilda kimningdir mukofot puli bo'yicha tarixdagi eng yaxshi 10 talikka kirish ehtimoli ancha yuqori.


sports.ru sayti asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing