15 okt 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Teofimo Lopes SHakur Stivensonni nokaut qilishga vada berdi, amerikalik joyida javob qaytardi
Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg gacha)da WBO chempioni amerikalik Teofimo Lopes mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurti SHakur Stivenson bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Muxlislarni o'z chiqishlaring bilan uxlatib qo'yganing uchun seni uxlatib qo'yaman!" - deb yozdi Lopes ijtimoiy tarmoqda.
"63,5 kg vaznda hech kimni to'xtatmading. Endi meni chopib tashlayman, deyapsanmi? Teofimo, sening vaqting tugagan. Umid qilamanki, sayohating senga yoqdi", - deya javob berdi Stivenson.
Iyul oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Stivenson meksikalik Uilyam Zepedani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Lopes may oyida hamyurti kichik Arnold Barbozadan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar