28 okt 13:53
Yangiliklar

Teofimo Lopesning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Top Rank promouterlik kompaniyasi ushbu jangni rasman elon qildi. Jang 10 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadi.
"Teofimo Lopes boshchiligidagi super iqtidorli jangchilar 10 dekabr kuni Madison Square Garden arenada bo'lib o'tadigan boks oqshomida ishtirok etadi. Bu juda o'zgacha kecha bo'ladi. Lopes 2023 yilda yarim o'rta vazn toifasida jahon chempionligi uchun jang o'tkazishni maqsad qilgan.
Xose Pedrasa Puerto-Rikolik jangchi, u chempionlik kurashishi uchun yana bir imkoniyatga ega bo'lmoqchi. Boks oqshomida Jared Anderson, Kasander Zayas va Kishon Devis bilan birgalikda superyulduzga aylanishi mumkin bo'lgan yana uchta jangchi chiqish qiladi", - deya Top Rank rahbari Bob Arum so'zlarini keltirgan Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Teofimo Lopes yarimo'rta vazn toifasida 12 avgust kuni debyut jangini o'tkazgan edi.
Fikrlar