30 sen 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Terens Krouford Lomachenko - Xeyni jangida kim favorit ekanini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni amerikalik Terens Krouford engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni va Vasiliy Lomachenko o'rtasidagi jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kroufordning fikricha, bokschilarning bu jangda g'alaba qozonish imkoniyati teng.
"Men Devin tomondaman. U yosh, harakat va IQ bo'yicha ustun. Lekin, hech qachon Lomachenkoga past baho berish kerak emas. Mening nazarimda bu qarama-qarshilikda imkoniyatlar 50-50", - deya Kroufordning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Xeyni 16 oktyabr kuni Jorj Kambosos bilan revansh jangini o'tkazadi. Lomachenko esa 29 oktyabrda amerikalik Jemeyn Ortis bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar