10 avg 16:06
Yangiliklar
![](/upload/storage/230648_220.jpg)
Terens Krouford vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng yaxshi bokschisini aytdi. Xo'sh, u kim?
"Men o'zimni birinchi raqamliman deb hisoblayman. Hech qanday "agar" yoki "lekin" degan so'zga o'rin yo'q. Men bir necha yildan buyon birinchi raqamli bokschi deb hisoblanaman. Agar siz boksni tushunadigan har qanday muxlisdan so'rasangiz, u "Terens Krouford eng yaxshisi", - deya javob beradi.
Naoya Inoue o'z janglari bilan yaxshi taassurot qoldiradi, Kanelo ham so'nggi jangini aytmaganda shunday. Barchamiz yaxshi jang qilamiz. Dunyoga aynan men birinchi raqmli ekanimni ko'rsatishim kerak. Men buni egoistlik demagan bo'lardim, bu ishonch", - dedi Krouford Showtime nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Terens Krouford so'nggi bor o'tgan yilning noyabr oyida SHon Parterga qarshi jang qilib, g'alabaga erishgan edi.
Fikrlar