So’nggi yangiliklar

08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0

25 okt 18:42
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Terma jamoalarning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi ko'rib chiqildi

Teglar :  Xanchjou-2022
Ayni paytda barcha terma jamoalarimiz yaqinlashib kelayotgan Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga katta tayyorgarlik olib bormoqda.

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasida mazkur holat qay daraja yo'lga qo'yilgani, shuningdek, 2023 yil taqvim rejasidan o'rin olgan musobaqalar va ularning smetasini shakllantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Tadbirni Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov olib borishdi. Unda, shuningdek, Qo'mita qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov, federaciya va associaciyalar masullari ishtirok etishdi.

Dastavval, SHahrullo SHaripovich ortda qolayotgan yil yakunlari bo'yicha qisqacha to'xtalib, 2022 yil o'zbek sporti uchun tarixiy natijalarga boy bo'lgani, kelasi yil bundan ham yuqori yutuqlarga erishish uchun harakat qilinishini bildirdi. Yig'ilishda mutasaddi rahbarlar har bir federaciya masullari bilan terma jamoalarning bugungi kundagi vaziyati, Osiyo o'yinlariga jalb qilinayotgan tarkib, ularning tayyorgarlik rejasi, sportchilarning holati bo'yicha atroflicha fikr almashishdi.

SHerzod Tashmatov terma jamoalarning yanada yuqori natija ko'rsatishi, atletlarning jismoniy va funkcional tayyorgarligini oshirish maqsadida kuchli xorijlik mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi. SHuningdek, suhbat davomida ommaviy sport targ'ibotini kuchaytirish, sportchilarning salomatligini nazoratga olish, muntazam ravishda ularni tibbiy ko'rikdan o'tkazib borish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatma berdi.

Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, uchrashuv davomida yangi yil uchun taqvim rejalarni ishlab chiqish masalasi ham ko'rib chiqildi. Bunda har bir masuldan taqvimni puxta shakllantirish, yil davomida unga o'zgartirish kiritilgan taqdirda vaqtida ogohlantirib borish, sport tadbirlarini o'tkazish uchun ajratiladigan mablag'larni samarali yo'naltirish so'raldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing