22 fev 12:12
Yangiliklar
Terma jamoamiz azolari "Mehribonlik uyi"ga borishdi FOTOGALEREYA
O'zbekiston dzyudo federaciyasining tashabbusi bilan jahon chempionatining kumush medali sovrindori, terma jamoamizning reytingi eng yuqori azosi SHarofiddin Lutfullaev, Butunjahon armiya o'yinlari oltin medali sohibi Hikmatulloh To'raev, kattalar va yoshlar o'rtasida mamlakat chempioni Dilshodbek Baratov Surxondaryo viloyati mamuriy markazi hisoblangan Termiz shahridagi 12-sonli “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurishdi.
Quvnoq ruhda o'tgan uchrashuv chog'ida dzyudochilarimiz sportchilik faoliyatlari, erishgan yutuqlari haqida bolajonlarga gapirib berishdi. Bolalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv so'nggida terma jamoamiz azolari "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilariga sport anjomlarini sovg'a qilishdi. Bu esa o'z o'rnida bolajonlarning quvonchiga sabab bo'ldi.
Fikrlar