So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

04 may 09:09
Yangiliklar

Dzyudo

Terma jamoamiz delegaciyasi Jahon chempionatiga jo'nab ketdi FOTOREPORTAJ

Bugun tongda O'zbekiston terma jamoasi 7-14 may kunlari Doha shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi 36-jahon chempionatida ishtirok etish uchun Qatar poytaxtiga yo'l oldi.

Hozirgacha yilning asosiy musobaqasida qatnashish istagini dunyoning 5 qitasi 99 davlatidan jami 669 (348 erkak, 321 ayol) nafar dzyudochi bildirgan. Ular qatorida Vatanimiz sharafini 18 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. 

7-13 may kunlari yakkalik bellashuvlarida jami 14 ta vazn (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. 14 may sanasida esa jamoaviy bahslar o'tkaziladi. 

Erkaklar musobaqasida eng ko'p ishtirokchi -90 kg vaznda (60 dzyudochi), ayollar o'rtasida esa -70 kg vazn (50 dzyudochi) toifasida ro'yxatdan o'tgan. Qitalar bo'yicha eng ko'p qatnashchi Evropadan (329 nafar), eng kami esa Okeaniya (11 nafar)dan. 

AQSH, Franciya, Italiya, Qozog'iston, Yaponiya, Mo'g'uliston, Koreya Respublikasi va O'zbekistondan to'liq tarkib – 18 nafardan dzyudochi jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi. Mezbon Qatar 4 nafar dzyudochini musobaqa uchun ro'yxatdan o'tkazgan. 

Jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimiz:

-48 kg: Halimajon Qurbonova 

-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambaeva  

-57 kg: SHukurjon Aminova, Nilufar Ermaganbetova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova, SHohista Nazarova

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

+78 kg: Rinata Ilmatova


-60 kg: Dilshodbek Baratov 

-66 kg: Sardor Nurillaev, Muhriddin Tilovov

-73 kg: Obidxon Nomonov, Murodjon Yo'ldoshev

-81 kg: Muso Sobirov

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev

+100 kg: Alisher Yusupov, SHohruhxon Baxtiyorov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing