So’nggi yangiliklar

21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0

28 sen 07:06
Yangiliklar

Dzyudo

Termiz “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida kutilmagan g'oliblar

Surxondaryo viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi mezbonlik qilgan, mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil qilgan “Uzbekistan Judo Tour” turniri o'z yakuniga etdi.

O'z vazn toifalarida Bobur Vadjiev, Alimardon Abdulahatov, Muhammadali Tangriev va SHoxista Nazarova chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. G'oliblar 22, kumush medal sohiblari 14, bronza medali sovrindorlari 7 million so'm pul mukofotini ham qo'lga kiritishdi. 

Medallar jamg'arish bo'yicha Surxondaryo viloyati jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Musobaqa mezbonlari 2 ta oltin, 1 ta kumush 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Kuchli uchlikdan Toshkent shahri (2 ta oltin, 1 ta bronza) va poytaxt viloyati (1 ta kumush, 2 ta bronza) jamoalari joy olishdi.


Barcha g'olib va sovrindorlar:

-66 kg vazn toifasi

1. Bobur Vadjiev (Toshkent viloyati)  

2. Muhriddin Tilovov (Qashqadaryo)

3. Bahrom Asadov (Buxoro)

3. Farruh Qobilboev (Toshkent viloyati)


-81 kg vazn toifasi

1. Alimardon Abdulahatov (Surxondaryo)

2. Hojiakbar Toshev (Buxoro)

3. Bobur Yangiboev (Surxondaryo)

3. Murodjon Yo'ldoshev (Toshkent shahri)


+90 kg vazn toifasi

1. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)

2. SHermuhammad Jandreev (Surxondaryo)

3. Jahongir Mamatrahimov (Surxondaryo)

3. Otabek To'raboev (Surxondaryo)


+70 kg vazn toifasi

1. SHoxista Nazarova (Surxondaryo)

2. Yulianna SHubladze (Toshkent shahri)

3. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)

3. Mohlaroyim Tuxtamisheva (Toshkent shahri)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing