01 okt 07:17
Yangiliklar
Dzyudo
Termizda "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan musobaqa o'tkazildi
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida dzyudo bo'yicha kichik yoshdagi bolalar o'rtasida turnir tashkil etildi.
Murabbiy Sunnatilla To'raev tashabbusi bilan o'tkazilgan musobaqa 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlandi. O'z vazn toifalarida Muhammadyusuf Xo'shboqov (-38 kg), Ibrohim Haroyov (-29 kg), Firdavs Arslonov (-32 kg), Bekzod Mahamadov (-26 kg) singari yosh dzyudochilar g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
Final bellashuvlarini bevosita kuzatib borgan jahon chempionati sovrindori, olimpiya o'yinlari ishtirokchisi SHarofiddin Lutfullaev taqdirlash marosimida medallarni o'z egalariga topshirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar