17 okt 18:43
Yangiliklar
Boshqalar

Termizda O'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston Kubogi bo'lib o'tmoqda
Bugun start olgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 800 nafarga yaqin sportchi o'zbek jang sanatining "Bellashuv jang kurash" yo'nalishi bo'yicha musobaqada ishtirok etishmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O'zbek jang sanati federaciyasining yillik-taqvim rejasidan o'rin olgan musobaqaga Termiz shahridagi "Surxon Arena" sport majmuasi mezbonlik qilmoqda. G'oliblar o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida aniqlanadi.
O'zbekiston kubogi musobaqasi 19 oktyabrgacha davom etadi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar