18 fev 14:47
Yangiliklar
Tilovov g'alaba bilan boshladi, Diyor va Diyorada esa...
Bugun musobaqaning birinchi kuni to'rt nafar dzyudochimiz medallar hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishi haqida xabar bergan edik. Hamyurtlarimizdan Muhriddin Tilovov -66 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda uchinchi davraga yo'l oldi. To'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan bahslarga qo'shilgan Muhriddin gruziyalik Bagrati Niniashvilini qo'shimcha bo'limdagi vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Endi u chorak final yo'llanmasi uchun qozog'istonlik Eldos Jumakanovga qarshi tatamiga chiqadi.
Afsuski, hamyurtlarimizdan ikki nafari ilk uchrashuvlaridayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rib, musobaqa bilan erta xayrlashishdi. -60 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz, Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O'razboev turkiyalik Solih Yildizga, -52 kg vazndagi Diyora Keldiyorova esa franciyalik Astrid Gnetoga imkoniyatni boy berdi. Birozdan so'ng -66 kg vazndagi dzyudochimiz Sardor Nurillaev nigerlik Ismoil Alhassan bilan bellashadi.
Fikrlar