23 iyu 11:36
Yangiliklar
Timofeeva ilk WTA turniridayoq finalgacha chiqdi
Rossiyalik tennischi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilayotgan turnirinig yarim final uchrashuvida dunyoning 80-raketkasi, argentinalik Nadya Podoroshkani 7/6(6), 3/6, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Uch soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva eys zarbasini ijro eta olmadi. Raqibasida bu ko'rsatkich 4 tani tashkil qildi. Ikkala tennischi ham 7 tadan breykni amalga oshirgan.
Etiborga molik jihati shundaki, 19 yoshli Timofeeva imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'shilgan edi. Bu uning faoliyatidagi ilk WTA turniri hisoblanadi. Finaldagi natijadan qatiy nazar, u ertaga elon qilinadigan WTA reytingida Top-150`talikda debyut qiladi. Bugun u bosh sovrin uchun ukrainalik Katerina Bayndlga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar