So’nggi yangiliklar

09:38Полина Кудерметова Мадрид турнирида чорак финалга йўл олди 0 09:15Менежер Ислам Махачевни ёлғончиликда айблади 0 08:40"Реал" яхши таклиф тушса, Камавингани ёзда сотиб юбориши мумкин 0 08:12Гимнастика бўйича Исроил терма жамоаси хавфсизлик муаммоси сабабли Тошкентдаги Жаҳон кубогига келмайди 0 07:30Бугун икки боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0 21:28"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров мағлубиятсиз серияни давом эттирмоқда 0 20:08Нойер "Сантьяго Бернабеу"да рекорд ўрнатди 0 19:12Таэквондо бўйича ёшлар терма жамоамизнинг Тошкент мезбонлик қиладиган Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 18:53Спорт курашлари. Алишер Ғаниев Осиё чемпиони, Шаҳзод Қўчқоровда бронза 0 18:39"Демак, қўлинг соғми? Августда кўришамиз". Иан Гарри Махачевга мурожаат қилди 0 18:17"Насаф" — "Бухоро" учрашуви мезбони алмашди: Ўйин Бухорода ўтказилади 0 17:53Топурия Царукяннинг айбловларига жавоб берди 0 17:30Гарри Каспаров: “Мен Жавоҳир Синдаров ва Магнус Карлсен матчини кўришни хоҳлайман” 0 17:05Тайсон Фьюри фаолияти ҳақида: "Мен энг умидсиз, семиз ва қўпол эдим" 0 16:39ПФЛ "Андижон" — "Навбаҳор" ўйинидаги ҳолатлар юзасидан эътироз билдирди: Самвел Бабаян регламентни бузганликда айбланмоқда 0

24 iyu 17:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Tokio-2020. Birinchi kun o'zbekistonlik sportchilar uchun medalsiz yakunlandi

Tokio Olimpiadasining birinchi kunida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning natijalarini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH



SHu tariqa o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlaridagi birinchi kunidan onlayn translyaciyamiz o'z yakuniga etdi. Afsuski, birinchi kun yakunlariga ko'ra hamyurtlarimiz medal qo'lga kirita olishmadi. 

Kun davomida musobaqalarda qatnashgan sportchilarimizning natijalari bilan ushbu sahifa orqali tanishing. 



17:49. Sport gimnastikasida Rasuljon Abdurahimov o'z ishtirokini yakunladi. U 79,06 ball jamg'arib 66 nafar sportchi ichida 49-o'rinni egalladi. 


16:12. Rasuljon paralell brus mashqlarida 14.733 ball to'pladi.


15:44. Sport gimnastikachimiz Rasuljon Abduraximov tayanib sakrash bahslarida 13.833 ball jamg'ardi. Endi u brus mashqlarini bajaradi. 


13:45. Murodjon Xolmurodov 132 nafar sportchi orasida 64-natijani qayd etdi. U 234 km masofani 6 soat 21 daqiqa 46 soniya ichida bosib o'tdi. Ushbu yo'nalishda Ekvador vakili Richard Karapaz oltin medalni qo'lga kiritdi.


12:55. Xolmurodov 68-o'rinda ketmoqda...


11:29. Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov pelaton safida ketmoqda. U 138,1 km masofani 3 soat 58 daqiqa 46 soniyada bosib o'tdi. Marragacha oz vaqt qoldi. 


11:13. Denis Istomin 2 soat 34 daqiqalik o'yinni yakunladi. Hamyurtimiz afsuski ilk bosqichda hindistonlik Sumit Nagalga 4:6, 7:6, 4:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.


10:54. Denis Istomin uchinchi setda 3:3 hisobini qayd etmoqda. Uchrashuvni jonli efirda tomosha qilishni istaganlar uchun havola > > > JONLI EFIR


10:44. -91 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov jazoirlik Abdelxafid Benchablaga qarshi ringga ko'tarildi. Afsuski bokschimiz ilk bosqichdayoq 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi va Olimpiya o'yinlari bilan xayrlashdi.


10:28. Bokschi Sanjar Tursunovning jangi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.


10:19. Istomin ikkinchi setni o'z foydasiga hal qildi - 7:6! Uchinchi setni ko'ramiz


9:12. Denis Istomin birinchi setda 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.


9:02. Istomin hozircha 4:4 hisobida durang o'ynamoqda.


8:50. Denis Istomin hindistonlik tennischiga qarshi o'yinni boshladi


8:32. Dzyudochimiz SHarofiddin Lutfillaev ilk jangida ukrainalik Artyom Lesyukka qarshi bahs olib bordi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


Tokio-2020: Ilk oltin medal egasi malum


7:52. Bokschimiz SHaxnoza Yunusova ilk bosqichda polshalik raqibasiga qarshi jang qildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.


7:40. Qilichbozimiz Malika Xakimova ilk bosqichda xitoylik kuchli raqibasiga qarshi bahs olib bordi va 10:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yana bir qilichbozimiz uchun Olimpiada yakunlandi... Afsus.


7:11. Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov shosse yo'nalishida 234 kilometr masofaga o'tkaziladigan bahslarda o'z yurishini boshladi. Ushbu yo'nalishda 130 nafar velosportchi medallar uchun kurash olib boradi. 


6:58. Akademik eshkak eshish. Sobirjon Safaraliev va SHaxboz Xolmurzaev 2000 metrga eshkak eshish bahslarida 6 terma jamoa ichida 4-natijani qayd etdi. Ushbu "poyga"da Germaniya terma jamoasi marraga birinchi bo'lib keldi. Yigitlarimiz endi o'tish bahslarida ishtirok etishadi. Hali ko'p narsa yo'qotilgani yo'q. Imkoniyat bor. 


5:39. Afsuski, qilichbozimiz SHerzod Mamutov 11:15 hisobida ruminiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

5:37. Muxtasar Toxirova o'q otish bahslarida 622.2 ochko to'pladi va 33-o'rinni egalladi.


5:30. SHerzod Mamutov ruminiyalik Iulian Teodosiuga qarshi bahs bilan ishtirokini boshladi.


4:44. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokini o'q otish sportidagi hamyurtimiz Muxtasar Toxirova boshlab berdi. U dastlabki urinishdan so'ng 104.6 ochko to'pladi. Mazkur yo'nalishda (10 metrga miltiqdan o'q otish) 50 nafar sportchi qatnashmoqda. 


4:30. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlari birinchi kunidagi ishtirokiga oid matnli translyaciyamizni boshlaymiz. Ushbu sahifa orqali barcha sportchilarimizning natijalarini tezkorlik bilan kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 


24 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:

Muxtasar Toxirova - o'q otish - 4:30

SHerzod Mamutov - qilichbozlik - 5:30

SHahboz Xolmirzaev/ Sobir Safaraliev - Akademik eshkak eshish - 6:30

Murodjon Xolmurodov - velosport - 7:00

Malika Hakimova - qilichbozlik - 7:25

SHaxnoza Yunusova - boks - 7:30

Denis Istomin - tennis - 7:30

SHarofiddin Lutfillaev - dzyudo - 7:30dan so'ng

Sanjar Tursunov - boks - 10:15

Rasuljon Abdurahimov - sport gimnastikasi - 15:30

Reyting: +8   

Fikrlar

+5   
24 iyu 10:48:18
Elshodxan Asliddinovich
Musr Sanjar.Madiyor yorib tashagandi nme ob ketmadi sukala?Sharmanda
+4   
24 iyu 10:51:35
Boks boks
Ана бокстаги корупциянинг ховиш олиши куринябди бу борада козаклардон аркода колиб кетамиз бля
+4   
24 iyu 10:50:29
Rustam Mirzabaev
Ўзи учтаси Фанат, Санжар, Элнур марожни ейишга борган ҳафа бўманглар
+4   
24 iyu 10:47:48
Boks boks
Ана нохоклик Санжар узб 1ши рахам эмасти гима булди куток булди жоллаб Тулкин Киличев
+3   
24 iyu 10:54:27
Jamshid Jabborov
Доимгидек Санжар уз урнида. Энди бемалол термадан кетса хам буларди, сунги 5 йилликда 91 кг лик вазнни дабдаласини чикариб булди
+3   
24 iyu 10:46:05
Ziyovuddin
Billa mana o‘rtoqlar har doimgiday Sanjar o‘z ishini qildi
+2   
24 iyu 11:05:34
Boks boks
Фанат билан Элнур Санжврнинг йонига бороди 91кг Мадияр 75кг Одил яки Сайджамшид 63 Мужбилло яхширок натижа буларди .Холдаров билан Меликузиевни ухлотвардила бу сукалар бу коорпционер лар
+2   
24 iyu 11:05:07
Abdullo
Sanjardan medal kutilmayotgan edi wunday boliwi aniq edi. Ozbekiston cempionatida yutqazgan bola olmpiada nima qilib yuribti. Exx yana owa karupsiya yana owa ozbekcilik...
+2   
24 iyu 10:53:12
Jamshid Jabborov
Доимгидек Санжар уз урнида. Энди бемалол термадан кетса хам буларди, сунги 5 йилликда 91 кг лик вазнни дабдаласини чикариб булди
+2   
24 iyu 10:51:35
Boks boks
Ана бокстаги корупциянинг ховиш олиши куринябди бу борада козаклардон аркода колиб кетамиз бля
+2   
24 iyu 10:49:43
Azizbek Rustamovich
Tursunovni olib bormasa ham bo‘laverar edi. Yutqazishi aniq edi. Bu vaznda boshqa bokschimiz yo‘qmi. Ko‘cha bolasini urushishiga o‘xshaydiku. Yoki buyam Bobolovni erkatoylaridanmi. Judayam mafiya ekanda bu Bobolov
+2   
24 iyu 10:48:44
Predatorr
Boksda korrupsiya avj olmoqda
+2   
24 iyu 10:48:30
Abbosbek Muzaffarov
bu safar warmanda bolib qaytamiz wekilli
+1   
24 iyu 13:00:25
Sulton77
Biz kugandik, biz bilgandik
+1   
24 iyu 12:01:40
Javohirjon
Birinchi kundan shuncha omadsizlik ha mayli yaxshi ot keyin chopad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing