So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

09 avg 14:51
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020: Olimpiadani qabul qilishga urinishlar, ramzlar, milliy tarixni aks ettirgan atributlar

Teglar :  Tokio-2020
Yaponiya o'z tarixida 3 bor Tokio shahrida yozgi Olimpiya o'yinlarini qabul qilishga uringan.

1. Birinchi urinish. 1940 yil 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha bo'lib o'tishi kerak bo'lgan XII yozgi Olimpiya o'yinlari edi. Biroq 1938 yil Sog'liqni saqlash va xalq farovonligi vaziri Koichi Kido O'yinlar bekor qilinishini elon qildi. Martabali shaxs o'z nutqida shunday degan: “Ular Uzoq SHarqda tinchlik hukm surganda O'yinlarni o'tkazishadi”. 1937 yilda ommaviy urush, xususan, Nankindagi qirg'inbarot bilan yodda qolgan ikkinchi Xitoy-yapon urushi boshlandi. SHundan so'ng xalqaro hamjamiyat mazkur Olimpiadani boykot qilish ishlarini boshlab yubordi. 1940 yil 2 may sanasida o'sha paytdagi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Anri de Baye-Latur tashkilot azolariga Tokiodagi Olimpiada bekor bo'lganini rasman malum qilgan.

2. Ikkinchi urinish. 1959 yil 26 may sanasida Myunxenda o'tgan XOQning 55-Sessiyasida Tokio shahri 1964 yil XVIII yozgi Olimpiya va II Paralimpiya o'yinlari poytaxti deb elon qilindi. Dastlab mavsumiy issiq oqim va to'lqinlar sabab bahslar 10-24 oktyabr, Paralimpiya o'yinlari esa 3-12 noyabr kunlariga qoldirildi. O'yinlarda 94 mamlakat vakillari qatnashdi. Xitoy Xalq Respublikasi, Indoneziya, KXDR va JAR musobaqada ishtirok emaslikka qaror qildi.

3. Uchinchi urinish joriy yilning 24 iyul – 9 avgust kunlari o'tishi kerak bo'lgan XXXII yozgi Olimpiya va 25 avgustdan 6 sentyabrgacha muddatdagi XVI Paralimpiya o'yinlari edi. 2013 yil 7 sentyabrda Buenos-Ayresda o'tgan XOQning 125-Sessiyasida Tokio mazkur Olimpiya o'yinlarining poytaxti deb elon qilingan edi.

2020 yil 24 mart kun Xalqaro Olimpiya qo'mitasi COVID-19 pandemiyasi sabab ushbu yildagi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini kelasi yilga ko'chirdi. SHu sabab musobaqaning yangi muddati deb Olimpiya o'yinlari uchun 23 iyul – 8 avgust, Paralimpiya o'yinlari uchun esa 24 avgust – 5 sentyabr sanalari qabul qilindi.


XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlarining ramzlari

Ramzlar bir-biriga kataklardek uyg'unlashtirilgan.
Yaponiyada katakli naqsh Edo davrida (1603-1867) “ichimatsu moyo” nomi bilan tanilgan. Bu ijod ananaviy yapon indigo ko'k rangida aks etgan. Katakli dizayn Yaponiyaga mos nafislikni ifodalaydi. To'rtburchaklar shaklidagi uch turdan iborat dizayn mamlakatlar, madaniyatlar va fikrlashni anglatadi. U “Xilma-xillikdagi yakdillik” iborasini o'zida mujassam qilgan. Bu, shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari dunyoni bog'lashga intilayotganini anglatadi. Ushbu timsollar bir xil miqdordagi shakllardan tayyorlangan. Bu esa qobiliyat va nogironligidan qatiy nazar barcha odamlar teng ekanligini eslatadi.

“MIRAITOWA” – Olimpiya o'yinlari talismani

 

Miraitowa yaponcha mirai (kelajak) va towa (abadiyat) so'zlaridan kelib chiqqan. Bu nom butun dunyo insonlarining qalbida abadiy umidga to'la kelajakni targ'ib qilish uchun tanlangan. Ananaviy va futuristik uslubi tufayli ushbu talisman “uyg'unlik yangiliklari” tushunchasini takrorlab, avvalgi va yangi narsalarni o'z ichiga oladi.

“SOMEITY” – Paralimpiya o'yinlarining talismani

Someity yaponcha «Someiyoshino» so'zidan kelib chiqqan. Bu so'z gilos mevasining mashhur guli va “shunday qobiliyatli” iboralaridan olingan. Paralimpiyachilar har qanday to'siqlarni engib, imkoniyat chegaralarini qayta belgilab, aqliy va jismoniy kuchlarini namoyon etishlari mumkin.

O'yinlar dasturi
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari 40 ta turli sport obektlarida bo'lib o'tadi. Mazkur Olimpiadaga 33 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 23 xil sport turi kiritilgan. Tokio-2020 dasturidan 5 ta yangi sport turi joy oldi: beysbol/softbol, karate, syorfing va skeytbording. Bo'lajak musobaqalarda 206 delegaciyaning 11090 nafar atletlari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Ularning 49 foizini ayollar tashkil qilib, bu Olimpiya o'yinlari tarixida gender tenglik taminlangan dastlabki O'yinlar sifatida muhrlanadi.

Olimpiya shaharchasi

 

Tokio-2020ning Olimpiya shaharchasi Tokiodagi asosiy darvozalardan biri bo'lgan Xarumi Pirsda joylashgan. O'tkaziladigan 33 sport turining 28 tasi Olimpiya shaharchasidan 8 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, bu delegaciya vakillari uchun bir muncha qulayliklar tug'diradi. SHaharcha 17 ming sig'imga ega bo'lib, 16 mingta XOQ talabiga ko'ra va yana mingtasi qo'shimcha o'rin sifatida qurilgan.

Tokio-2020 nimalari bilan ajralib turadi?
Bu jihat haqida ko'p gapirish mumkin. Takidlash joiz, Tokio rasmiylarining fikriga ko'ra, yozgi Olimpiya o'yinlarini tashkil qilishda asosiy etibor atrof-muhit bilan uyg'unlikka qaratiladi. Bu nafaqat bo'lajak O'yinlar uchun infratuzilma qurilishida, balki boshqa g'ayrioddiy tashabbuslarda ham o'z aksini topmoqda.

Masalan, Tokio Olimpiadasi uchun sportchilar yotadigan o'rindiqdagi to'shaklar karton qog'ozdan qilingan. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi ekologik toza mahsulotdan foydalanib, uni qayta ishlash ham atrof-muhitga zarar etkazmaydi. Ushbu to'shak 200 kilogrammgacha bo'lgan odamni ko'tarishi mumkin.

Olimpiya medallarini ikkinchi qo'l elektronikasidan, birinchi navbatda butun mamlakat bo'ylab keraksiz smartfonlar va planshetlardan tayyorlashga qaror qilindi. Ushbu g'oya juda foydali bo'ldi, chunki bunday buyumlarni yo'q qilish uchun odatda malum miqdorda pul talab qilinadi va bunday uskunalarni tashlab yuborish mumkin emas. Natijada ikki yillik harakat davomida butun mamlakat bo'ylab 79 mingga yaqin elektronika yig'ildi. Bularning barchasi esa Olimpiya medallari uchun 32 kg oltin, 3.5 tonna kumush va 2.2 tonna bronza ajratib olishga yordam berdi.

Olimpiya mashalasi estafetasi uchun mashalalar 2011 yilda Yaponiyaning shimoli-sharqida ro'y bergan zilzila va cunami oqibatida uysiz qolganlar uchun alyuminiydan qurilgan vaqtinchalik boshpanalardan tayyorlandi. Mashalaning yuqori qismiga qarasangiz, Yaponiya bilan chambarchars bog'langan sakura guli tasvirini ko'rish mumkin. Uning har bir gulbargida alohida alangalanadigan olov chiqib, birlashadi.

2020 yil mart oyida Greciyada alanga olgan mashala 2011 yilgi zilzilidan qattiq talafot ko'rgan Yaponiyaning Miyagi prefekturasiga muvaffaqiyatli olib kelindi. 23 iyul sanasida esa O'yinlarning asosiy stadioni bo'lmish Tokiodagi arenada namoyish etildi. Mashalani esa 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lgan suzuvchi Rikako Ike ko'tardi.

Xalqaro aloqalar departamenti
bosh mutaxassisi N.Atakulov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing