24 iyu 08:29
Yangiliklar
Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi azosi yirik miqdorda pora olganlikda gumon qilinmoqda
Takaxasi rahbarlik qilgan kompaniya Olimpiada homiylari – ofis kiyimlari ishlab chiqaruvchi AOKI kompaniyasidan konsalting shartnomasi asosida taxminan 45 million ien (o'sha paytdagi kurs bo'yicha taxminan 400 ming dollar) olgan.
Taxminlarga ko'ra, bir vaqtning o'zida AOKI tashkiliy qo'mita uchun rasmiy liboslar tikish va Olimpiya ramzlaridan foydalanish bo'yicha shartnoma olgan.
Yaponiyaning Jinoyat kodeksi davlat xizmatchilariga ish bilan bog'liq faoliyat uchun haq olishni taqiqlaydi. Xalqaro olimpiya qo'mitasi (MOK) ham xuddi shunday qoidalarga amal qiladi.
Ammo, Takaxashi aybini tan olgani yo'q. Uning takidlashicha, konsalting xizmatlari Olimpiada o'yinlari emas, balki katta sportga tegishli.
Fikrlar