So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

03 dek 12:01
Yangiliklar

Dzyudo

Tokio "Katta Dubulg'a" turnirini medalsiz yakunladik

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo'yicha yilning so'nggi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi musobaqasi davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning ikkkinchi kungi saralash bahslari o'z yakuni sari yaqinlashyapti. Bugun terma jamoamizning 3 nafar vakili medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Afsuski, bugun ham kechagi kun singari medal bo'lmadi. 

-60 kg vazn toifasida kurashgan Dilshodbek Baratov o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshladi hamda mo'g'ulistonlik Tsogt-Ochir Byambayavga yutqazib qo'ydi. 

-66 kg vazndagi tajribali dzyudochimiz Sardor Nurillaev birinchi davrada filippinlik SHugen Nakanodan ustun keldi. Ammo keyingi bosqichda mo'g'ulistonlik Erxembayar Battogtohga imkoniyatni boy berdi. 

+100 kg vazn toifasidagi sovrindor dzyudochimiz Alisher Yusupov ham to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan bahslarga qo'shildi. Koreyalik Jaegu Yunni mag'lubiyatga uchratgan Yusupov chorak finalga yo'llanma beradigan bellashuvda ikki karra Olimpiada va jahon chempioni, chexiyalik nomdor Lukash Krpalekdan engildi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi dzyudo vatanida o'tkazilayotgan va dunyoning nomdor sportchilari jam bo'lgan yilning so'nggi "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtirokini medalsiz yakunladi. Ayni shu daqiqalarda terma jamoamiz bittadan beshinchi va ettinchi o'rinlar bilan 15-pog'onadan joy olib turibdi. 

Yaponiyadagi har qanday musobaqada medal olish juda mushkush. Medallar yaponlarning o'zidan deyarli ortmaydi. Bir paytlar Rishod Sobirov Kunchiqar yurtda jahon chempioni bo'lgan edi. Ikki yil avval Tokioda Davlat Bobonov Olimpiadaning bronza medalini qo'lga kiritgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing