29 sen 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

To'lqin Qilichev terma jamoada yaqindan kuzatilishi kerak bo'lgan bokschilar nomini aytdi
Boks bo'yicha kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev termadagi iqtidorli bokschilar haqida gapirdi.
You Tube'dagi "neKARAte" kanali boks terma jamoamiz bosh murabbiyi To'lqin Qilichev bilan intervyu uyushtirdi.
- Terma jamoada yaqindan kuzatilishi kerak bo'lgan yigitlar bormi?
- Bizda 3-4 nafar iqtidorli yigitlar bor. Ammandagi Osiyo chempionati uchun Abdumalik Xalakov, -48 kg vaznda Asilbek Jalilov, -63 kg vaznda Ruslan Abdullaev bor. Ruslan haqiqiy pancher, jamoadagi eng kuchli zarba beruvchilardan biri, O'zbekiston chempioni.
Bahodir Jalolov - terma jamoa etakchisi, sardori. Bu nomning o'ziyoq uning o'zi va natijasi uchun gapiradi. Bizga bunday bokschilar kerak, unda nom ham katta rol o'ynaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar