19 noy 13:06
Yangiliklar
Tom Aspinall: "Jonsdan titul tortib olinishi kerak"
"Jonsdan titul tortib olinishi kerak. CHunki boshqa jangchilar og'ir jarohatlari sababli kamardan voz kechishmoqda. Buni tushunmayman. Mening kamarim bahslarga o'rin qoldirmaydi. Qo'pollashmaslik, yomon so'zlar gapirmaslik juda qiyin. Biroq Jons - Miochich jangi kim uchun qiziq?
Nega biz o'z qonunlarimiz doirasida emas, bu jangning boshqalar uchun meros bo'lib qolishi uchun harakat qilyapmiz? Hammasi holva. Jonsni himoya qilishni bas qiling, u shundoq ham eng yuqori holatida. Agarda siz jarohatlangan bo'lsangiz, yo'ldan qoching, men qariya Miochich bilan jang qilaman", - dedi Tom Aspinall.
Eslatib o'tamiz, 12 noyabr kuni Jon Jons og'ir vaznda Stipe Miochichga qarshi titul jangi o'tkazishi kerak edi. Biroq Jonsning jarohati sababli bu kamar uchun Aspinall hamda Sergey Pavlovich kurashdi, unda Tom ilk raunddayoq g'alabaga erishdi.
Fikrlar