06 okt 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Top Rank Bahodir Jalolovga yuzlandi (FOTO)
Bugun Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida prof boks bo'yicha IBA.Pro 10 turniri tashkil etiladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik superog'ir vaznli professional bokschi Bahodir Jalolov Rossiya vakili Vitaliy Kuduxovga qarshi bahs olib boradi.
Jalolov bilan hamkorlik qiluvchi Bob Arumga qarashli Top Rank promouterlik kompaniyasi Big Uzbek'ga jang oldidan omad tiladi.
"The Big Uzbek! Bahodir Jalolovga Sankt-Peterburgdagi jangida omad yor bo'lishini tilaymiz", deya quyidagi suratlar izohlangan Top Rank Instagram sahifasida.
Havola :
Manba : Top Rank
Fikrlar