26 iyu 12:30
Yangiliklar
Topuriya navbatdagi jangini qachon o'tkazishi aytildi
"U kun sayin yaxshiroq holatga kelmoqda. Rostini aytsam, u umuman jang qilmagandek taassurot qoldiryapti. Yuzidagi shishlar ham, ko'karishlar ham to'liq yo'qoldi.
SHifokorlar bizga jarohat 6–8 hafta ichida to'liq bitishi kerakligini aytishdi. Ayniqsa, suyak siljishi bilan bog'liq sinish bo'lmaganini hisobga olsak.
SHundan keyin Iliyaning mashg'ulotlarga qaytishi va odatiy hayot tarziga moslashishi uchun yana malum vaqt talab qilinadi. Suyakning to'liq bitishi uchun taxminan 2–3 oy kerak bo'ladi, deb o'ylayman.
Revansh yoki boshqa jang yil oxiriga yaqin, ehtimol dekabr oyida o'tkazilishi mumkin", — dedi Gallo.
Eslatib o'tamiz, Topuriya UFC Freedom 250 turnirining markaziy jangida Jastin Getjiga qarshi texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar