23 apr 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya UFC 317 turnirida chempionlik jangi o'tkazadi
Iliya Topuriya UFC 317 turniri doirasida chempionlik jangida ishtirok etadi.
Bu haqda ispaniyalik jurnalist Alvaro Kolmenero vaziyatga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.
"Menga malum qilishlaricha, Topuriya Xalqaro jang haftaligi doirasida chempionlik jangi o'tkazadi", — deb yozdi Kolmenero ijtimoiy tarmoqlarda.
UFC 317 turniri 28 iyundan 29 iyunga o'tar kechasi Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Topuriya fevral oyida yarim engil vazndagi chempionlik unvonidan voz kechgan va rasman engil vazn toifasiga o'tgan edi.
Havola :
Manba : x.com/KOlmeneroMMA
Fikrlar