12 iyu 08:08
Yangiliklar
Topuriya Xabib bilan jang haqida: "Bu insonni tinch qo'ying!"
"El Matador"ning so'zlariga ko'ra, u katta hurmat bilan qaraydigan mag'lubiyatsiz rossiyalik jangchi allaqachon o'z nomini sport tarixiga yozib qo'ygan va oktagonga qaytmoqchi emas, shuning uchun bunday imkoniyatni muhokama qilishning ham manosi yo'q.
"Bu odamni tinch qo'ying. U allaqachon faoliyatini yakunlagan. Jang qanday o'tishini bilmayman va buni hech qachon bilmaymiz. Men Xabibning qaytib kelishiga ishonmayman va unga nisbatan faqat hurmat his qilaman. Uning UFC`dagi faoliyati butun professional karerasi kabi hayratlanarli edi. SHuning uchun hozir u haqida gapirishning hech qanday manosi yo'q deb o'ylayman", - dedi ispaniyalik Vashingtonda matbuot xodimlari bilan suhbatda.
SHu yakshanba kuni Oq uy yaqinidagi UFC bayram turnirining asosiy jangida Iliya Topuriya engil vazn toifasida chempionlik kamarini vaqtinchalik chempionlik unvoni sohibi amerikalik Jastin Getjidan himoya qiladi.

Fikrlar