24 iyu 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA
To'rabek Xabibullaev ham Armanistondagi turnir finaliga yo'l oldi
“Erevan Mayor Cup” turnirining navbatdagi yarim final bahslari nihoyasiga etdi.
Musobaqaning to'rtinchi kuni davomida -60 kg vazn toifasida tashkil etilgan yarim final bahsida Samandar Olimov mezbonlar vakili, armanistonlik Artur Bazeyanga qarshi ringga ko'tarilib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirning bronza medalini qo'lga kiritdi.
-90 kg vazn toifasidagi yarim finalida esa yana bir vakilimiz To'rabek Habibullaev eronlik Hadi Mohammadnejadga qarshi bahs yuritdi va 5:0 hisobida zafar quchgan holda finalga yo'l oldi.
Endilikda To'rabek Xabibullaev, shuningdek, SHahzod Muzaffarov musobaqa oltin medali uchun jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar