So’nggi yangiliklar

20:28Анкалаев Костага "ответ" қилди: "Келаси ҳафтаёқ жанг қилишимиз мумкин" 0 20:05Пауло Коста: "Анкалаев чемпионлик жангидан кўра UFC`дан ҳайдалишга яқинроқ" 0 19:37Белграддаги UFC турнири оғир вазн тоифасидаги жангдан маҳрум бўлди 0 19:08Германия футбол иттифоқи вице-президенти: "Бу чегарадан чиқиш" 0 18:42Леброн Жеймс энди расман "Филадельфия" шарафини ҳимоя қилади 0 18:06Ўзбекистонда кейинги UFC жангчилари кимлар бўлиши мумкин? Жасур Алижонов жавоб берди 0 17:37Миразизбек Мирзахалилов, Ҳавасбек Асадуллаев ва яна бир боксчимиз Россияда жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:13Инфантино ФИФАга аъзо давлатларга 40 млн. доллардан "пора" таклиф қилди 0 16:44Жонгкуч Мач NBA тарихидаги энг бўйдор ўйинчига айланиши мумкин 0 16:11Хоакин Бакли UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 15:45"Дивизионда жиддий муаммо бўла олади". Даниэль Кормье Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 15:19"Реал" Родри учун 50 миллион евродан ортиқ тўлашга тайёр 0 14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0

02 mar 18:08
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent "Katta Dubulg'a"ning ikkinchi kunida ikkita medal qo'lga kiritdik

Teglar :  Dzyudo
Poytaxtimizdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kun bahslari yakunlandi.

Kun davomida -73 kg vazn toifasidagi ikki nafar sportchimiz - SHahram Ahadov va Obidxon No'monov bronza medalini qo'lga kiritdi.

SHu tariqa, mazkur "Katta Dubulg'a"dagi medallarimiz soni to'rttaga etdi. Kecha o'tkazilgan bahslarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritishgandi.


- - - - - - 

Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik dzyudochilar qayd etayotgan natijalar bilan tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 


-70 kg vazn toifasida bronza uchun bahsda Gulnoza Matniyazova niderlandiyalik raqibasiga qarshi tatamiga chiqdi va afsuski imkoniyatni boy berdi.


-73 kg vazn toifasida bronza medali uchun kurashgan Obidxon No'monov ham bronza medalini qo'lga kiritdi. Uning qozog'istonlik raqibi Daniyar SHamshaev taqiqlangan usul qo'llagani uchun hamyurtimiz bronza medaliga ega chiqdi!


-73 kg vaznli dzyudochimiz SHahram Ahadov bronza uchun bahsda rossiyalik Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqdi. Bahs Golden Score'gacha davom etdi va unda yurtdoshimiz g'alaba qozondi! Raqibda uchta shido!



Kechki dasturda uch nafar sportchimiz bronza medali uchun kurashadi:

-73 kg: SHahram Ahadov - Mahmadbek Mahmadbekov (Neytral atlet)

-73 kg: Obidxon No'monov - Daniyar SHamshaev (Qozog'iston)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Margit de Vugt (Niderlandiya)

Bahslar 17:00dan so'ng boshlanadi.


-70 kg vazn toifasida yarim finalda Gulnoza Matniyazova afsuski uchta shido evaziga franciyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Endi u ham bronza medali uchun kurashadi. 


-70 kg vaznli Gulnoza Matniyazova chorak finalda yaponiyalik raqibasini mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. 


-70 kg vazn toifasida SHohista Nazarova britaniyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.


-73 kg vazn toifasida SHahram Ahadov afsuski yarim finalda italiyalik raqibga yutqazdi. Endi u ham bronza medali uchun kurashadi. 


-73 kg vaznli Obidxon No'monov o'tish bahsida polshalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Endi u kechki dasturda bronza uchun kurashadi. 


-73 kg vazn toifasida Murodjon Yo'ldoshev o'tish jangida afsuski neytral maqomda qatnashayotgan rossiyalik raqibga imkoniyatni boy berdi.


-70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova portugaliyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi!


-81 kg: Hikmatilloh To'raev Golden Score'da avstriyalik raqibiga mag'lub bo'ldi.


-63 kg: Sevinch Isoqova isroillik raqibasiga yutqazdi.


-73 kg vazn toifasida chorak finalda SHahram Ahadov va Obidxon No'monov o'zaro kurashdi. Golden Score'da SHahram Ahadov g'alaba qozondi. Obidxon No'monovda uchinchi shido. SHahram yarim finalga chiqdi, Obidxon esa bronza uchun kurashadi.


-70 kg vazn toifasida Barchinoy Qodirova Golden Score'da germaniyalik raqibasiga yutqazdi.


-81 kg vaznda Muso Sobirov yaponiyalik Olimpiada chempioni Nagase Takanoriga imkoniyatni boy berdi.


-81 kg: Nurbek Murtozoev belgiyalik tajribali raqibga yutqazdi.


-73 kg vaznda Murodjon Yo'ldoshev neytral sportchiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.


-73 kg vazn toifasida o'zbekcha derbi ko'ramiz: SHahram Ahadov va Obidxon No'monov yarim final yo'llanmasi uchun o'zaro kurashadi!


-70 kg vazn toifasida SHohista Nazarova qirg'izistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi!


-73 kg vaznli Obidxon No'monov germaniyalik dzyudochini mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo'l oldi!


-70 kg vaznda Xurshida Razzoqberdieva franciyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi...


-73 kg vaznli SHahram Ahadov moldovalik raqibidan ustun keldi!


-63 kg vaznda Sarvinoz Husanova afsuski ispaniyalik raqibasiga yutqazdi.


-70 kg vaznli Gulnoza Matniyazovada ham g'alaba! U isroillik raqibasini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi!


-73 kg vaznli Murodjon Yo'ldoshev uchinchi bosqichda mo'g'ulistonlik raqibga qarshi bellashdi va Golden Score'da g'alabaga erishdi!


-63 kg vazn toifasida Sevinch Isoqova qirg'izistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi!


-73 kg vazn toifasida Obidxon No'monov BAA vakilini ippon evaziga mag'lub etdi!


-63 kg vazn toifasida Marjona Nurilloeva afsuski uchta shido evaziga isroillik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 


-73 kg vazn toifasida SHahram Ahadov bolgariyalik raqibini mag'lub etdi. Raqibda uchta shido.


-81 kg vazn toifasida SHarofiddin Boltaboev afsuski Golden Score'da ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-81 kg vaznda Hikmatilloh To'raev ham qirg'izistonlik raqibdan ustun kelib, keyingi bosqichga chiqdi. 


-81 kg vaznda Muso Sobirov qirg'izistonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi.


-81 kg vaznli Nurbek Murtozoev qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi


-63 kg: Sarvinoz Husanova avtomatik ravishda ikkinchi bosqichga chiqdi. Qozog'istonlik sportchi tatamiga chiqmadi.


-63 kg vazn toifasida Asal Karimjonova neytral maqomdagi rossiyalik sportchiga imkoniyatni boy berdi.


-73 kg vaznda Muhammad Jumaev avvaliga neytral sportchini mag'lub etdi, keyin esa SHimoliy Koreya vakiliga yutqazdi. 


-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev amerikalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi!



Bugun musobaqada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar va ularning ilk raqiblari bilan tanishing: 

-73 kg vazn toifasi

Murodjon Yo'ldoshev - Jek Yonezuka (AQSH)/Nariman Mirzaev (Ozarbayjon)

SHahram Ahadov - Mark Xristov (Bolgariya)

Obidxon Nomonov - Karim Abdullaev (BAA)/Garsiya Kano (Ispaniya)  

Muhammad Jumaev - Kavan Majidi (Neytrat maqom)


-81 kg vazn toifasi

SHarofiddin Boltaboev - Agajan Ayxanov (Turkmaniston)/Omar Rajabli (Ozarbayjon)

Muso Sobirov - Asad Masabirov (Qirg'iz Respublikasi)/Joao Fernando (Portugaliya)

Nurbek Murtazoev - Ruslan Mussaev (Qozog'iston) 

Hikmatulloh To'raev - Arseniy Kladnov (Qirg'iz Respublikasi)/Medikson Del Orbe (Dominikan) 


-63 kg vazn toifasi

Sevinch Isoqova - Azhar Isaeva (Qirg'iz Respublikasi)

Marjona Nurulloeva - Gili SHarir (Isroil)

Sarvinoz Husanova - Esmigul Kuyulova (Qozog'iston) 

Asal Karimjonova - Dali Liluashvili (Neytral maqom)


-70 kg vazn toifasi

Gulnoza Matniyazova - Adelina Novicki (Isroil)

SHohista Nazarova - Saule Almazova (Qirg'iz Respublikasi)

Barchinoy Qodirova - Jiovanna Skochchimarro (Germaniya)

Xurshida Razzoqberdieva - Margo Pino (Franciya)


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing