So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

01 may 15:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkent mezbonlik qiladigan boks oqshomida qanday janglar tomosha qilamiz?

Xabaringiz bor, 5 may kuni Toshkentda o'zbekistonlik professional bokschilar ishtirokida jang oqshomi bo'lib o'tadi.

"O'zbekiston" sport majmuasida tashkil qilinadigan kechaning markaziy jangi hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov ishtirokida bo'ladi. O'sha kuni bokschimiz vakant bo'lib turgan WBC Silver kamari uchun rossiyalik Dmitriy CHudinovga qarshi jang qiladi.

Malumot uchun, Abdug'ofurov professional ringdagi faoliyati davomida 10ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (4tasida nokaut bilan). Tajribali Dmitriy CHudinov esa 25ta jangda qatnashgan va ularning 21tasida g'alaba qozongan (13tasi nokaut bilan). 2ta jangda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, yana ikkita to'qnashuvda durang qayd etgan.

Boks oqshomida shuningdek, Qudratillo Abduqahhorov, Jamshid Najmiddinov kabi taniqli bokschilarimiz ham ringga ko'tariladilar.

Jang oqshomida quyidagi janglarni tomosha qilishimiz mumkin bo'ladi:

Azizbek Abdug'ofurov – Dmitriy CHudinov (Rossiya)

Qudratillo Abduqahhorov – Tvaxa Kiduku (Tanzaniya)

Jasur Ahmadjonov – Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya)

Olimjon Nazarov – Xvicha Gigolashvili (Gruziya)

Jamshid Najmiddinov – Kaxa Avetisiani (Gruziya)

Ulug'bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya)

Anvar Turobov – Roy Muxlis (Indoneziya)

4 may kuni ushbu janglarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkaziladi. O'sha kuni kechki payt esa "Nekst" savdo majmuasi hududida ochiq mashg'ulotlar tashkil qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
01 may 21:17:44
Jamshid Kushbaev
Bu sport qanalga umuman ishonch yuq
   
01 may 19:39:03
Navroz Hojibekov
Qizigi shuki sport tv oberadimi shunga oydinlik kritilar????
   
01 may 15:16:16
Мистер Джокер
Sport telekanali oberadimi ish qilib
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing