So’nggi yangiliklar

16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0

13 avg 16:26
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Toshkent sentyabrda xalqaro xokkey turniriga mezbonlik qiladi

Teglar :  XokkeyHumoToshkent
O'zbekiston sporti uchun yoz mavsumining eng muhim voqealaridan biri, shubhasiz “Humo” xokkey klubining yangidan shakllantirilgani bo'ldi.

Sport ishqibozlariga yaxshi malum, ushbu jamoa Oliy xokkey ligasining 2019-2020 yilgi mavsumida ishtirok etadi. Mazkur xalqaro turnirda Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, mana endi ular safiga O'zbekiston ham qo'shilgan holda jami 34 jamoa ishtirok etadi. Muntazam chempionatda har bir klub 54tadan – 27ta uyida, 27ta mehmonda o'yin o'tkazadi.

Muntazam chempionat yakunlariga ko'ra 16 kuchli jamoa pley-off bosqichiga chiqadi va afsonaviy Mixaylov-Petrov-Xarlamov uchligi azosi Vladimir Petrov sharafiga nomlangan kubokni qo'lga kiritish uchun bahslarni davom ettiradi.

Yangidan tuzilgan “Humo” klubi OXLga tayyorgarlikni bosh murabbiy Evgeniy Popixin boshchiligida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahri yaqinidagi Izumrudniy qo'rg'onida boshladi. Tayyorgarlikning ushbu bosqichi Voskresenskning mashhur “Ximik” jamoasi bilan o'tkazilgan nazorat uchrashuvi orqali yodda qoladigan bo'ldi. Sababi, tarixiy o'yinda “Humo” 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Darvoqe, OXL muntazam chempionatida toshkentliklar "Ximik" bilan 4 bor duch kelishadi.

SHundan so'ng jamoa uchun poytaxtimizda ikki haftalik mashg'ulotlar tashkil etildi. Yig'in yakunida farm-klub – “Xumo-2” bilan ikkita nazorat o'yini o'tkazildi. Har ikkala uchrashuvda asosiy tarkib vakillari ustun kelishdi – 5:0 va 4:1.

Avgust oyida Toshkent klubi Nijniy Novgorod shahrida uyushtirilgan mavsumoldi taqdimot turnirida qatnashdi. Mazkur musobaqada “Humo”ning raqiblari o'ziga nisbatan ancha kuchli, yani Kontinental xokkey ligasi jamoalari edi. SHunga qaramay, vakillarimiz turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o'rinni egalladi. “Humo” bu safar KXLning yana ikkita jamoasi ustidan tarixiy g'alabaga erishdi, “Torpedo” (Nijniy Novgorod) 3:0, “Dinamo” (Minsk) esa 5:1 hisobida dog'da qoldirildi. Jamoamizga topshirilgan ilk maxsus kubok klub muzeyidan munosib o'rin egallaydi.

CHempionatga tayyorgarlikni o'zbekistonlik xokkeychilar Sankt-Peterburg va Tolyatti shaharlarida OXL klublariga qarshi tashkil etiladigan o'rtoqlik o'yinlari bilan yakunlaydi. Masuliyatli mavsum 11 sentyabr kuni start oladi va “Humo” birinchi o'yinni Toshkentda, ko'p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida o'tkazadi. Raqibimiz – Rossiyaning “Ryazan” XK bo'ladi.

Turnir doirasida poytaxtimizda o'tadigan o'yinlar nafaqat qiziqarli sport musobaqasi sifatida, balki boshqa jihatlari bilan ham esda qolarli bo'lishi kutilyapti. Xokkey mavzusiga oid Ivent – muhtasham, zamonaviy sport saroyi “Humo Arena”da O'zbekiston xalqi va diyorimiz mehmonlariga turli yoshdagi muxlislar uchun mo'ljallangan ko'plab ko'ngilochar, tomoshabop dasturlar, kutilmagan sovg'alardan bahramand bo'lish imkonini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing