So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

17 iyu 07:59
Yangiliklar

Karate

Toshkent tumani beshincha bor karate WKF bo'yicha "Keles Open" xalqaro turniriga mezbonlik qildi

15-16 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi bo'yicha "Keles Open" beshinchi ananaviy xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, O'zbekiston karate WKF associaciyasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo'limi, Toshkent tumani sport maktabi kabi qator tashkilotlar "Keles Karate" sport klubi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi PQ- 356 sonli "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini taminlash hamda iqtidorli sportchilarni saralash orqali terma jamoalarga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo'shni Qozog'iston va Tojikiston davlatlardan 5 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta bo'lgan 700 nafardan ziyod sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Murosasiz va qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan beshinchi ananaviy turnirni "Keles Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupov, musobaqa bosh kotibi Xurshid SHodibekov, bosh hakam Zokir Hayitmatovlar boshchiligidagi 30 nafar hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati karatechilari qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Qashqadaryo viloyati jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rinlar Sirdaryo va xorazmliklarga nasib etdi.

Musobaqada barcha vazn toifalariga ko'ra g'olib va sovrindor bo'lgan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing