So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

12 okt 10:27
Yangiliklar

Karate

Toshkent tumanida karate WKF bo'yicha ochiq birinchilik o'tkazildi + FOTO

Teglar :  KarateKeles
Toshkent viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining “Universal” sport majmuasida sportning karate WKF turi bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida BO'SM ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yznalishi ijrosini taminlash, shuningdek, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, xususan, karate sport turini keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida tashkil etilgan mazkur ochiq birinchilikda Toshkent viloyatining Bekobod va Olmaliq shahridan, Bekobod, Yuqorichirchiq, Toshkent tumanlaridan, “Keles-karate” klubidan, Toshkent shahridagi “Bilol” karate klubi hamda “CHempion” karate klubidan jami 200 nafar sportchi g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Toshkent tumani Turizm va sport bo'limi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda “Keles-karate” klubi hamkoriligida o'tkazilgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan yosh karate ustalari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing