So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

23 iyu 18:29
Yangiliklar

Gimnastika

Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha xalqaro musobaqa start oldi

Bugun poytaxtimizda Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan badiiy gimnastika bo'yicha Yoshlar kubogi xalqaro turniri boshlandi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Yoshlar ittifoqi sport markazi hamkorligida tashkil qilingan turnirda mamlakatimiz sportchilari bilan bir qatorda Rossiya, Singapur, Isroil, Hindiston, Qirg'iziston, Qozog'iston hamda Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatlaridan gimnastikachilar ishtirok etishmoqda.

Bayram munosabati bilan poytaxtimizga badiiy gimnastika bo'yicha to'qqiz karra jahon chempioni, bugungi kunda Singapur terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Byanka Panova, shuningdek, asli o'zbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustasi, bugungi kunda Isroil terma jamoasi gimnastikachilariga ustozlik qilayotgan Venera Zaripovalar ham tashrif buyurganlar.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov ham ishtirok etishdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHuningdek, bugunning o'zida musobaqaning dastlabki g'olib va sovrindorlari nomi malum bo'ldi. Ertaga nihoyasiga etadigan xalqaro turnirga O'zbekiston gimnastika federaciyasining «Universal» sport majmuasi mezbonlik qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing