11 apr 09:14
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkentda dzyudo bo'yicha Osiyo ochiq kubogi boshlandi
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida dzyudo bo'yicha Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo ochiq kubogi start oldi.
Bellashuvlarda mamlakatimiz sportchilaridan tashqari qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan kelgan dzyudochilar ham g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Dastlabki ikki kun o'smirlar o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlab olinsa, so'nggi kun yoshlar o'rtasidagi bahslar guvohiga aylanamiz.
Osiyo ochiq kubogida umumiy hisobda 800 nafarga yaqin yosh dzyudochilar tatamiga chiqadi. Muxlislar uchun arenaga kirish mutlaqo bepul.
Havola :
Fikrlar