So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

06 avg 07:41
Yangiliklar

Taekvondo

Toshkentda JCHga tayyorgarlik avjida, bugun WT rahbari yurtimizga keladi

7-10 avgust kunlari poytaxtimizda taekvondo WT bo'yicha kadetlar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

Ayni kunlarda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi bo'lajak musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Bizga malum bo'lishicha, mazkur jahon chempionatida dunyoning besh qitasidagi 70ga yaqin davlatdan qariyb 850 nafar o'g'il-qiz g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

O'zbekiston kadetlar terma jamoasi jahon chempionatida 20 nafar sportchi (10 nafar o'g'il, 10 nafar qiz) bilan ishtirok etadi. Sportchilarimizni ushbu musobaqaga istedodli murabbiylar Sobir Nazaraliev hamda Jasur Boyqo'zievlar tayyorlashdi.

Musobaqaga 7 avgust kuni soat 9:00dan start beriladi. Bellashuvlarni o'g'il bolalar o'rtasida 65 kilogacha bo'lgan vazn toifasidagi atletlar boshlab beradi. Tantanali ochilish marosimi esa shu kuni soat 17:00ga belgilangan. Jahon chempionati bahslari poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida bo'lib o'tadi.

Bugun chamasi kechki soat 20:00da yurtimizga jahon taekvondo federaciyasining prezidenti, 9-dan qora belbog' sohibi, doktor CHung Van CHoy tashrif buyuradi. Safar davomida faxriy mehmon O'zbekiston Milliy universiteti qoshida ochilgan Taekvondo fakultetida bo'lib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishadi. 

SHuningdek, Universitet rahbariyati bilan ham uchrashuv belgilangan. Qolaversa, mamlakatimiz sportining mutasaddi rahbarlari ham janob CHoyni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Taekvondo WT bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari esa 10 avgust kuni yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing