So’nggi yangiliklar

12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:52Махачевнинг жамоаси Исламни UFC камаридан маҳрум қилиш талабига жавоб берди 0 17:30Жаҳон кубоги: Абдураҳмон Маҳмуджонов мағлуб бўлди 0

29 iyu 16:16
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Toshkentda sinxron suzish bo'yicha jahon seriyasining so'nggi bosqichi start oldi

Teglar :  Suzish
Avvalroq sinxron suzish bo'yicha jahon seriyasining bir necha bosqichlarida o'zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etayotganliklari haqida xabar berib o'tgandik.

Yil boshidan ushbu musobaqalar Parij, Pekin, Tokio, Samorin, Budapesht, Madrid, Surraey, Los-Anjeles shaharlari hamda Siros orolida tashkil etildi. Navbatdagi bahslarga aynan Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda.
Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) talabiga ko'ra, sportchilar musobaqalarda ishtirok etib reyting ballarini to'plab borishadi va shunga ko'ra, mamlakat sportchilarining jahon reytingidagi o'rni aniqlanadi. O'zbekiston terma jamoasi jahon seriyasi bosqichlarida Pekin (Xitoy), Tokio (Yaponiya) va Siros oroli (Greciya) da bo'lib o'tgan bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishdi.

Toshkent shahrida o'tkaziladigan musobaqa shu yil hisobidan jahon seriyasidagi so'nggi bosqich bo'lib, unda Bolgariya, Meksika, Germaniya, Slovakiya, Qozog'iston va O'zbekiston sportchilari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Bahslar 1 iyulga qadar Toshkent shahridagi “Saxovat sport servis” suzish havzasida bo'lib o'tadi.

Musobaqa yakunida sinxron suzish bo'yicha FINA jahon seriyalarida ishtirok etgan sportchilarning to'plagan reyting ballariga ko'ra kuchli uchlikka kirgan sportchilarga (mamlakatlar vakillariga) FINA mukofotlari taqdim etiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing