So’nggi yangiliklar

12:38Царукян Чимаевнинг ғалабаси учун миллион доллар тикмоқчи 0 12:17Неймар узоқ муддатга четлатилиши мумкин 0 11:56UFC 329 турнири Халқаро жанглар ҳафталигинининг асосий воқеаси бўлади 0 11:35Япония дзюдо терма жамоаси Жаҳон чемпионати учун якуний таркибини мусобақа стартидан олти ой олдин эълон қилди 0 11:14Боксчиларимиз Туркиядаги нуфузли турнирда биринчи бўлишди 0 10:53"Манчестер Сити" ва "Барселона" ўзаро футболчи алмашиши мумкин 0 10:32Бугун юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди (Жуфтликлар) 0 10:11"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижа билан биринчи даврани якунлади 0 09:50Ҳиндистон Осиё чемпионатида яна Ўзбекистон ва Қозоғистонни ортда қолдирди 0 09:29Англия кубоги 1/2 финалига қуръа ташланди 0 09:08Хабиб ёки Ислам? Арман Царукян энг яхшисини айтди 0 08:47Деонтей Уайлдернинг иштаҳаси очилди 0 08:26Ўзбекистон ёки Қозоғистон? Қайси давлатдан 1/2 финалга кўпроқ боксчи етиб келди? 0 08:05Остон Ўруновнинг янги жамоаси маълум 0 07:44Бугун 4 нафар боксчимиз Осиё чемпионати финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

31 iyu 10:11
Yangiliklar

Tennis

Toshkentda tennis murabbiylari uchun xalqaro seminar yakunlandi

Teglar :  TennisSeminar
19 iyul kuni poytaxtimizda tennis murabbiylari uchun boshlangan xalqaro seminar o'z poyoniga etdi.

 “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida Xalqaro tennis federaciyasi va O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Qozog'iston, Qirg'iziston, Iroq davlatlari, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 16 nafar murabbiy o'z malakalarini yanada oshirishdi.

Darslar Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida tashkil etildi. Unda xalqaro federaciya tomonidan jalb etilgan ekspertlar Seydemir Borg'ei (Eron), Kraut Piter (Filpipin) va Igor SHelyakin (O'zbekiston) nazariy hamda amaliy darslarni o'tkazishdi. 

O'quv jarayoni yosh tennischilar bilan ishlashning zamonaviy metodikalari, ularning texnik qobilayatlarini oshirish, professional sportga tayyorlash kabi mavzularni o'z ichiga oldi.

Qayd etish joiz, Seydemir Borg'ei ikkinchi bor mamlakatimizda tashkil etilgan bunday dasturda ishtirok etdi. Eronlik mutaxassis bundan avval 2016 yil ham mana shunday seminarda qatnashgan. Tadbir yakunida darslarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan murabbiylarga xalqaro federaciyaning maxsus sertifikatlari taqdim qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing