So’nggi yangiliklar

17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0 21:40Узоқ кутилган Абубакар Вагаев — Сайгид Изагахмаев жанги тўлиқ давом этди 0

04 iyu 12:58
Yangiliklar

Boks/MMA, Fotogalereya

Toshkentda Ulug'bek Haqberdiev, Bekzod Isadullaev ishtirokida prof boks oqshomi o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Kecha poytaxtimizda "Buka" promouterlik kompaniyasi tomonidan navbatdagi professional boks turniri tashkil etildi.

Boks oqshomi kardidan ancha tajribali hisoblangan Ulug'bek Haqberdiev (12-0-0, 7 KO), Bekzod Isadullaev (9-0-0, 8 KO), SHukurjon Rahimov (6-0-0, 3 KO) singari charm qo'lqop ustalarimiz ishtirokidagi janglar o'rin olgandi. Bu esa boks muxlislarining qiziqishiga sabab bo'ldi. 

Nomlari tilga olingan uchchala bokschi ham o'z janglarini muddatidan avval yakunlashdi. SHukurjon Rahimov 6 raundga mo'ljallangan jangda qozog'istonlik Bagdat Uaydaevni 3-raundda texnik nokautga uchratdi. Aynan shu jang oqshomning markaziy jangi bo'ldi. 

Ulug'bek Haqberdiev yana bir ko'zga ko'ringan bokschimiz Anvar Turopovni 8 raundlik jangning 2-raundida texnik nokautga uchratdi va o'zining prof boksdagi 12-g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning muddatidan avval qozongan g'alabalari soni 7 taga etdi. 

Abbosxon Yo'ldoshevga qarshi jangdagi ishtiroki bilan tanilgan Bekzod Isadullaev esa xorazmlik Maqsadbek Matyazovni birinchi raunddayoq nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.  

Prof boks oqshomidan jami 12 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning 8 tasi muddatidan avval yakuniga etdi. Qolgan 4 ta jang g'olibi hakamlarning qaroriga ko'ra aniqlandi. Akbarjon Asqarov Jahongir Normatovni birinchi, Javohirbek Fozilov Qobiljon Bobojonovni birinchi, Sunnatilla O'ktamaliev Azizbek Ro'zmetovni ikkinchi, Farhodbek Arabjonov Rustam Qodirovni ikkinchi, Muhammadnuriddin Kimsanboev Asror Mahkamovni birinchi raunddayoq muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.  

Ixtiyor Abduqodirov Azizjon Arzievni, Ahmad Mamajonov Jamshid Xudoyberganovni, SHerzodjon Habibov Jasur Ahmadjonovni, SHahzod Sulaymonov Sindor Bahriddinovni hakamlar qaroriga ko'ra, ochkolar hisobi bilan mag'lub etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing